Payshanba, 25.04.2024, 20:15
[HUSH KELIBSIZ!!!]
Приветствую Вас •°Mexmon°• | RSS
[ Обновленные темы · Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Форум » ♥▓♥ Umumiy bo'lim / Общий раздел ♥▓♥ » She'riyat olami / Мир стихов » ♥ ♥ AYRILIQ♥VA♥XIJRON♥ ♥
♥ ♥ AYRILIQ♥VA♥XIJRON♥ ♥
๑۩۞۩MUХAMMADYUNUS۩۞۩๑Дата: Dushanba, 10.10.2011, 03:11 | Сообщение # 1
•°Yangi user°•
Группа: SAYT ISHONCHI
Сообщений: 486
Статус: Saytda emas

Senga bo’lgan ishqim shunchalar mahzun,
Armonli tunlarim uzundan-uzun.
Seni butkul yoddan unutish uchun,
Hijronlarga qalbim tutishim kerak,
Sensiz tanholikda o’tishim kerak



Sevgining armoni bugun bo’ylaydi,
O’ylamay desamda, yurak qo’ymaydi.
Armonlar yo’ldoshdir, ertak so’ylaydi,
Hijronlarga seni tutqazdim, demak,
Men seni unutib yashashim kerak.


Endi na halovat, na huzur tatir,
Ishqni dilga ko’mdik, do’ppaygan qabr.
Ayt, qanday unutay men seni, ahir,
Yor-yorlar ostida kuzatdim, demak,
Men seni unutib yashashim kerak.


Unutmoq og’ir, bu – jondan - da kechish,
Osonmi seni bir umr tark etish?
Ayriliqni taqdir bizga nasib etmish,
Hijronlarga seni tutqazdim, demak,
Men seni unutib yashashim kerak.
 
_-_AnGeL_-_Дата: Yakshanba, 13.11.2011, 13:06 | Сообщение # 2
•°Tajribali°•
Группа: Do'stlar
Сообщений: 358
Статус: Saytda emas
Ketdizgiz…..
Pokiza tunlar qo’ynida
Yuragi talangan bir qiz o’kindi
Malaklar yig’lagan behisht bog’ida
Tanish xotiralar chilparchin sindi
Sindim hudoyimdan bir jon tilandim
Dilgir maysalarning poyiga jismim
Zamin jim,samo jim,osiy tunlar jim
Men mavjud edimmi nimaydi ismim
Mendagi titroqni ko’nglingiz sezmas
Ko’zingizga cho’kkan bir ox edimmi
Jannatiy tushlarda yashaysiz sarmast
Men ko’kdan yog’ilgan gunoh edimmi
Yonaman…..
Hech qayga sig’may yonaman
Do’zax o’tlarida kulga aylanar
Bir kuni kelasiz…sarosar armon
Bir shirin…..
Bir shirin gulag aylanar
Bir kuni kelasiz zulum otlardan
Kavsar buloqlarin sizga ichirgum
Extimol poyimga yiqilarsiz…Men
Kechirsam yuz yildan keyin kechirgum
Telba hayollarga hurga aylandi
Ketdingiz qoyalar yerga aylandi
Armonning ko’shkida asrardi ko’nglim
To’kilib-to’kilib she’rga aylandi
Ketdingiz…..
Bokira tonglar oxidan
Sevgisi talangan bir qiz o’kindi
Malaklar yig’lagan behisht bog’ida
Erka hotiralar chilparchin sindi…..




 
Форум » ♥▓♥ Umumiy bo'lim / Общий раздел ♥▓♥ » She'riyat olami / Мир стихов » ♥ ♥ AYRILIQ♥VA♥XIJRON♥ ♥
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Copyright MyCorp © 2024