O’rtamizda qolgan g’amgin g’ussalarni, O’rtamizda devor qurgan kimsalarni, O’rtamizda yetim qolgan nolalarni, Tushlarimda ko’rishimni bilmaysizda, Sizni qanday sevishimni bilmaysizda… O’rtamizda yolg’onlarning aksi yomon, O’rtamizda shaytonlarning raqsi yomon, O’rtamizda armonlarning rasmi yomon, Meni izlab kelmaydi deb o’ylaysizda, Sizni qanday sevishimni bilmaysizda
O’xshasakda biz parallel chiziqlarga, Uchrashamiz taqdirdagi yoziqlarda, Sizni topgum omon o’tib to’siqlardan, Qirq choh qazib qirq yil meni qiynasezda, Sizni qanday sevishimni bilmaysizda
Bilmaysizda sizni o’ylab qon yutganim Bilmaysizda izlarizni zor kutganim, Bilmaysizda aqlu-hushim unutganim , Jonimni ham berishimni bilmaysizda, Sizni qanday sevishimni bilmaysizda…
To’sa olur balolarni oshiq yurak, To’ka olur navolarni oshiq yurak, Kechirsa ham xatolarni oshiq yurak, Muhabbatim nazarizga ilmaysizda, Sizni qanday sevishimni bilmaysizda…
|