Yolg’onlarga ko’milgan qalbim. Aldovlardan kuyib yig’laydi. Ne bo’lganin tushunmas aqlim. Kulish yig’lashini o’zi bilmaydi.
Va’dalaring eslayman hamon Qani o’sha shirin so’zlaring? Eslab yana bo’larman tamom Ko’z o’ngimdan ketmas ko’zlaring. Aybim ne deb so’ragim kelar Lek bardoshim, irodam yetmas. Qiziqishim ortadi battar Alam meni tark etib ketmas. Aldanganim his qilib endi Ming tirilib, ming bor o’laman. Tog’dan baland g’ururim sindi. Sekin-asta guldek so’laman. Gulim deya uzding bandimdan Yonimda qol, sevaman deding. Joy egallab axir qalbimdan Qanday qilib ketaman deding? Tiling qanday aytdi shu so’zni Yuragim hech o’yladingmi ayt? Yoshlasang ham endi gar ko’zni Kechirmasman qaytging kelgan payt. Yalinmagin keyin befoyda Kechirsam ham kechirmas qalbim. Boshingga g’am tushgan bir damda Sezasan-ku hali ko’p qadrim. Baxtli bo’lgin demayman also Baxtni Olloh o’zimga bersin. Shu bugundan tilagim tanholikda O'tkin sen sevgi qadriga yetkin sen.