Oyga qarab turib, seni sog'indim, Xasta qalbim yana tig'lagim keldi. Ming bor seni eslab, min bor ovundim, Lekin bugun sensiz yig'lagim keldi.
Unutdim tashvishu, alamlarimni, Unutdim ko'zimda mung damlarimni, Unutdim vozkechgan odamlarimni, Seni unutolmay, yig'lagim keldi.
Qarog'imga ko'mgandim ko'zyoshlarimni, Mukofot bilgandim bardoshlarimni, Bo'shliqqa otgandim oy, quyoshlarimni, O'zligimdan kechib yig'lagim keldi. Dunyo ters bo'lsayu, yonimda bo'lsang, Qo'llaringni silab uxlagim keldi. G'ururim boshimga balodek, bilsang, Yigit boshim bilan yig'lagim keldi, Ko'zda yoshim bilan uxlagim keldi.. |