Siz dunyoga keltirib nima ko'rdim onajon. Mexr izlap dunyodan mexr topmadim otajon. Dard kelganda suyanchig'im bo'lmadingiz mexribon...
Men qachon qayerda tug'ulganligimni bilmayman, aslida kimligimni xam bilmiman. Faqat shuni bilamanki meni tug'ulganimdayoq mexribonlik uyiga tashlap ketishgan. Mexribonlik uyiga biror marta borganmisiz?U yerda ko'ngli yarim bolajonlarni ko'ziga qaraganmisiz? Tog'ri mexribonlik uyida xamma narsa yetarli, faqat mexr yetishmaydi. Bu yerda xamma bolalajonlarni kuni oynadan mayus termulgancha umid bilan otam yoki onam kelip qolar deb kutish bilan boshlanadi... Lekin kutish befoyda kutip oylar yillar o'tkizganlar bor lekin kutgan mexriboni kelarmikin?
Zor zor kutganimni bilasizmi onajon. Yig'lap yig'lap sog'insam kelasizmi otajon. Deya oksinar ko'ngli yarim bolajon...
Kimdur mexrga zor kimdur tirnoqga zor deganlariday. Bu yerga farzand asrap olgani tirnoqga zor ota onalar keladi. Ular kelganda bolajonlar shunaqangi xursand bo'lip o'zini aqlli yaxshi ko'rsatishidiki. Ko'zlari mo'ltirap meni olip keting deya yolvoradi. Lekin bu yerda xam xayot beshafqat qiladi. Ichimizdan bittagina bolani asrap olishadi. Qolgan bolajonlar esa asrap olingan bolaga xavas xasad bilan qaragancha ko'zida yosh bilan qoladi. Tog'ri bu xayotning adolatsiz xaqiqati... Na iloj yana umid qilgancha meni xam kimdur asrap olish uchun kelar deya kutadi... Men o'ylanip qolaman. Naxot onajon shunchalar be mexrsiz. Axir onalar mexribon bo'lishadi diyashadiyu. Naxot ko'rgiz kelmas bo'ylarim. Naxot eshitgiz kelmas so'zlarim. Ilk qadamlarida yonimda emasdingiz. Naxot siz meni sog'inmaysiz. Yo'q ayblamayman sizni. Ayblamayman taqdirni. Extimol ayb menda? Meni kimlargadur tashlap ketar ekansiz dunyoga keltirdingiz nega? Yo'q yo'q go'sh ko'rmagan ochmasman non kerakmas onajon. Sizdan faqat mexr kutganman don kerakmas otajon. Xatoni siz qilip men jazosin tortmoqdaman onajon. Nega degan savollarim bisyor... Ana shunday savollar xayollar bilan xar kun o'tadi ortidan yillar. Lekin qancha yillar kutsam xam kelmadingiz onajon. Xayot o'zi tarbiyalap meni katta qildi voyaga yetdim. Talaship tortiship o'zing uchun o'l yetim deganday men xam o'zim urilip qoqilip amallap 18 yoshga to'ldim. Beshafqat yillar o'tib menga mexrini bergan panoxiga olgan mexribonlik uni tark etishga tog'ri keldi.
Bu dunyoda yetimlar ko'p. Mexrga zor ko'ngli o'ksik mexrga zorlar ko'p. Lek bu vatanda yetimning xam ota onasi bordur. Sen etim emasman senga tirgak vataning bordur. Men xam mexribonlik uyidan ketgach xayotimni yo'lga qo'yishimga aynan davlat yordam berdi o'qidim ishladim. Lekin eng baxtli kunlarimda va mufaqqayatlarimi ko'rmadingiz. Bu orada muxabbat atalmish tuyg'u qalbimga mexmon bo'ldi salgina bo'lsa xam yarim ko'nglim to'lganday edi. Baxt nimaligini xis qilayotgan edim. Lekin bu baxt xam menga ko'plik qildi. Qizni otasi boshqasiga uzatdi. Bilasizmi nega??? Chunki meni ota onam yo'q ekan zotini bilmagan ularni tengi emas ekan. Qo'limdan esa xech nima kelmadi...
O'z yog'imda o'zim qovrilyapman onajon. O'z ko'ksimga o'zim tosh otayapman onajon. Sevganimga baxt tilab ko'xna dunyo ko'zguga qaytib chiqmas oy bo'lip bo'tayapman onajon...
Shundog' xam yarim ko'nglim battar xuvillatib. Sevganimni xam yor yor bilan olip ketishdi onajon. Shundog' xam yolg'iz edim yana tanxo qoldim. Dard kelganda suyanchig' bo'lolmadingiz onajon. Menga alam qilardi. Sizni topib dilimdagi bor gapimmi aytib ko'ksingizga bosh qo'yib yig'lap alamimdan chiqgim keldi. Axd qildim meni ko'rgani kelmasangiz xam o'zim boraman siz tomon. Sizni qidirdim uzoq izladim onajon. Va nixoyat topdim. Uyingiz tomon yaqinlashdim yuragim xayajondan xapqirip urar edi. Uyga kirdim uyda jimlik va yolg'izlik xukum surardi. Avvaliga kimdur bormi deb chaqirdim xech kim chiqmadi. Ichariga kira boshladim. Ichkarida esa sochi oq oralagan, yuzlariga ajin bosgan, oyoq qo'li ishlamay qolgan kasal onaxon yotardi. Onajon dedim. Kimsan deb so'radiz. Men og'lingizman dep javop berdim... Onam esa yig'lay ketdi kechir meni bolam oldingda gunoxkorman, seni uvolin tutdi men jazomi oldim mendan rozi bo'l dedida qo'llarimda jon berdi. Men esa tinmay baqiraradim. Axir sizi endi topgandimku savollarim ko'p edi axir. Ey dunyo buncha beshafqatsan. Yetimni omadi yurishsa xam ovi yurishmas ekan...
Yomg'ir yog'ar yog'ar qor. Qor ustida qum mozor. Qabrlarning birida meni sho'rlik onam bor. Bo'ylarimga to'ymagan to'xlarimni ko'rmagan meni baxtsiz onam bor.
Yana yolg'izlik yana yana javopsiz savollar bilan qoldim. Lekin onajonimni bir marta bo'lsa xam ko'rip oldim shu menga taskin beradi. Extimol yetimlik qismatim. Yolg'izlik taqdirimdur. Balki vaqt o'tib men xam baxtimni toparman. Men esa endi baxtimni kutib, otamni qidirip yashaman... Otamni topganimda unga aytar gapim bor.
Siz menga xayot berib nima ko'rdim otajon. Farzand bo'lib quchogizda o'ynap kulmadim otajon. Dard kelganda suyanchig' bo'lmadingiz mexribon. Siz xam otamisiz ayting otajon...
olloxga shkur xech qanday qiyinchiligimiz yo' ko'nglimiz but, yarim emas. Nega yana shu xayotimizdan ham noliymiz a? Birini korib fikir qil, birini ko'rib shkur qil diyishadi. Xech kim yetim bolmasin. Ota onalarimizi umrlari uzo bo'sin. Borlilariga shkur.