Charchadim sevgining yolg'onlaridan Qaydanam uchratdim? Qaydanam sevdim? Nima topdim ayting baxtmi, shodlikmi? Yo'q. Yo'q. Unday emas. Men o'tda kuydim. Endi yuragimga abadiy muhr Sevgining alamli aks-sadosi. Ishqning shaxzodasi bo'lay dedim, lek Bo'lolmadim. Chunki men uning gadosi.bo'ldim sevgimga kuch bo'lmoqchidim Biroq layli dek bo'lmadi yorim. Bo'lmadi shaxnozdek, bo'lmadi laylim Men kimga aytayin ohim-u zorim? Necha kun yig'ladim muhabbatim deb, Ko'z yoshlar daryodek oqdi-yu ketdi. Bu azob, bu alam, bu siqilishlar Ey, xudo juda ham jonimga tegdi. Yordam ber Ollohim uni unutay Undan ko'rganlarim sitamlarni ham. Qalbimdagi kuygan jarohatlarga Ber tangrim, topib ber o'zing bir malham. Yaralarim bitsin o'rni qolmasin Gul unsin hosilsiz tuproqlarimdan. Nur bergin zimiston hayotimga ham Qoqilmay ketay umr so'qmoqlaridan.