Hozir ayni to'y mavsumi. Kecha dugonam telefon qilib turmushga chiqayotganini aytgandi, bugun qarindoshlarimizdan biri ham uyga taklifnoma tashlab ketibdi. To'y tantanalarini juda yaxshi ko'raman, baxtli juftliklarni tomosha qilish, yaqin insonlar bilan to'y boxona diydorlashish, xursandchilik... Zo'rda! Bu vaziyatda "To'yga qanday libos kiysam ekan?..." savoli menimcha har bir qizning hayolidan o'tadi. Ex, biz qizlar!.. Bir joyga kiygan libosni ikkinchi tantanaga kiyging kelarmidi!... Ammo 1 kunlik to'y uchun yangi ko'ylak xarid qilish ham...
Gapni nega buncha "cho'zdi?" deyotgandirsiz? Sizni kutdirmasdan, bugungi mavzuni ayta qolay. Bugun sizga har qanday libos, aksessuar, taqinchoq uchun mos tushadigan bir bezak yasashni o'rgataman. Chunki, siz bir marta kiygan libosni yana kiyganingizda unga bezak va aksessuarlar qo'shsangiz, albatta ko'rinishingiz o'zgaradi! Bu borada esa o'z qo'lingiz bilan yaratgan bezagingiz qo'l kelishiga ishonamiz
Kerakli narsalar ko'p emas. Bor-yo'g'i mato, igna-ip va qaychi.
Demak, ishga kirishing: Avvalo, o'zingizga yoqqan rangdagi matoni tanlab, suratdagidek tarzda, uzunasiga qirqib olasiz.
Bezak gulingiz qanchalik qalinlikka ega bo'lishida uning uzunligi ahamiyatli
Endi bichilgan matoning ikki yonini birlashtirib tikasiz
Matoni buklab-buklab, burama shaklda tikishni unutmang
Matoning ich qismini tashqariga o'girib olasiz
Endi eng qiziq jarayon! Yani gulni o'raymiz. Suratga yuzlaning, juda jo'n a? =) Qani, qani, siz ham birgalikda davom ettiring!
Endi bu yog'iga haqiqiy gul shakli hosil bo'la boshlaydi...
Bezak tayyor holatga kelgach, uning orqa tarafini tikib qo'yasiz
Mana!
Xo'sh qalay? Istasangiz, uni ko'ylak yoqasiga, taqinchoqqa, soch turmagiga qadashingiz ham mumkin, bu yog'i sizning fontaziyangizga havola!