Umrni sarhisob qilib o`tamiz Kimnidir dunyoda aldab o`tamiz Bu dunyoda bormi o`zi diyonat Ey birodar ota-onang g`animat Inson yashar yolg`on kunning ostida Inson yashar qil ko`prik ustida Inson yashar ko`cha-ko`yning qo`ynida Topgan boylik molu-dunyong xiyonat Bu dunyoda ota-onang g`animat Ba`zan do`stdan chiqib qolar dushmaning Ko`zlab urar yashnab turgan chamaning Agar bo`lsa sevgan yoring yomoning Ota-onang yonidasan xijolat Bu dunyoda ota-onang g`animat Otang hayot xonadoning charog`on Onang hayot baxting to`kis farovon Ular borki bosgan qadaming ravon Har ne borki saqlay olgin qanoat Bu dunyoda ota-onang g`animat Mehr bergin ayolingga, gulingga Mehr bergin ,farzandlaring yo`lingga Mehr bergin jigaring-u qoshningga Atrofingda yaqinlaring tumonat Bu dunyoda ota-onang g`animat Farzand uchun yemagan-u yedirgan Dilband uchun kiymagan-u kiydirgan Qaro ko`zim kam bo`lma deb o`stirgan Ular uchun qilolmasak inoyat Bu dunyoda ota-onang g`animat Yashayapsan bu dunyoda kimni deb Olomasang duosini onam deb Tiriklikda yo`qlolmasang otam deb O`tgandan so`ng qilma bekor dod –faryod Tushun axir ota-onang g`animat.
Rahmat. Ota onalarizni qadrlela keyin ulardek suyanchiq topolmas ekansilar. Ular borlikida eng baxtli insonlikingni bilmas ekan kishi. Ularni yo'qotganlargina bu gaplarni mag'zini chaqolidi
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]