Dardli yuragimga yana dard solib
Pinhona qaraysan yolg'on uyalib
O'zga yor to'yida malika bo'lib
Boshimdan tojimni yechib ketdingmi
Oqqushga aylanib, uchib ketdingmi
Beparvo qo'l siltab bergan ahdingga
Nozlanib chiqibsan visol taxtingga
Oq libos yarashib bo'yi-bastingga
Menga ham oq libos bichib ketdingmi
Oqqushga aylanib uchib ketdingmi
Sirlarim aytayin sirdosh naylarga
She'rlarim yozayin mahzun kuylarga
Bergan uzugimni qo'yding qaylarga
Nozik barmog'ingdan yechib ketdingmi
Oqqushga aylanib uchib ketdingmi
Ko'zimda qalqigan yoshlar qoldi-ku
Ko'nglimda ning botmon toshlar qoldi-ku
Tonggacha qiynagan tushlar qoldi-ku
Tongdagi cho'lponim uchib ketdingmi
Oqqushga aylanib uchib ketdingmi
So'nggi qo'ng'iroqning sasi yodimda
Ma'yus ko'zlaringning yoshi yodimda
Sunbul sochlaringning xidi yodimda
So'ngi qo'ng'irog'im chalib ketdingmi
Oqqushga aylanib uchib ketdingmi
Mayli-da to'ylaring muborak bo'lsin
Mayli-da ushalman armonlar qolsin
Mayli-da go'zalim orzung ushalsin
So'nggi bor hayolda quchib ketdingmi
Oqqushga aylanib uchib ketdingmi