Наш опрос |
ॐSAYTKA BAXO BERINGॐ
HAMMA JAVOB: 12800013
|
Статистика |
HOZIR SAYTDA: 5 MEXMON: 5 FOYDALANUVCHI: 0 |
|
| | |
|
18:48 Olisda men kabi majnunlar,gullar tutar laylilariga |
Olisda oy botmaydi aslo, quyosh doim nurin sochadi. Unda hukm surar oliy baxt, yomon doim yo'ldan qochadi. Olisda suv oqadi tiniq, yer yuzida ko'rinmaydi gard. Har insonning yuzida kulgu, ular uchun bilinmaydi dard.
Olisda yosh to’kmaydi ko’zlar, mehr bilan boqar tabiat. Sevishganlar ulug’lanarlar, inoqlikda yashar jamiyat.
olisda kun bo’yi bulbullar, parvarishlab o’tar gullarni. Muhabbatga oshno qalblar, sehrlaydi mudom dillarni.
Olisda men kabi majnunlar, gullar tutar laylilariga. Jonlarini to’kib berarlar, suyuklisin mayillariga.
Olisda gul ulashar bahor, gul ufori olamni tutar. Umr to’lib borar mazmunga, qalblar abad yasharib ketar.
Olisda yoz qaynoq taftini, bizlar bilan baham ko’radi. Mo’jaz rangga bo’yab olamni, go’zallikdan tortiq qiladi.
Olisda kuz xazonrezgida, muhabbatga bo’yaydi bag’rin. Mayin shamol entikib unda, she’rlar aytib erkalar bargin.
Olisda qish oppoq qorlarin, muhabbatga o’rab to’kadi. Sevishganlar baxtli boshiga, oq niyatli qordan tegadi.
Olisda ishq atalgan tuyg’u, quyosh kabi nurlarin sochar. Ikkimizdek sevishganlarga, baxtli hayot quchog’in ochar. |
Категория: Sheriyat olami |
Просмотров: 2174 |
Добавил: ๑۩۞۩MUХAMMADYUNUS۩۞۩๑
|
Всего комментариев: 1 | |
gap yo majnunim zor
|
|
|
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|