Jum'a, 22.11.2024, 10:51
[HUSH KELIBSIZ!!!]
Приветствую Вас •°Mexmon°• | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Sheriyat olami [88]
Qiziqarli [44]
Kino olami [4]
Sport yangiliklari [18]
Foto prikol [1]
Yulduzlar xaqida [6]
mp3 Ko'cHiRisH [16]
Shou-biznes [41]
Qo'shiq matni [4]
Foydali maslahat [11]
Mashinalar haqida [6]
Xadis va xikoyalar [20]
Скрипты для ucoz [4]
Dunyo habarlari [23]
Kompyuterlar uchun [0]
Sevgi ♥ dunyosi [55]
Har ( xil ) [27]
Fikr mulohaza [19]
Islom olami [13]
Foto suratlar [3]
Video kliplar [14]
Наш опрос
ॐSAYTKA BAXO BERINGॐ
1. ॐ♥JUDA ZOR♥ॐ
2. ॐ♥YAXSHI♥ॐ
3. ॐ♥O'RTACHA♥ॐ
4. ॐ♥YOMON♥ॐ
5. ॐ♥JUDA YOMON♥ॐ
HAMMA JAVOB: 12800013
Мини-чат
Статистика

HOZIR SAYTDA: 1
MEXMON: 1
FOYDALANUVCHI: 0

16:08
Nokia kompaniyasi o‘zining Vertu telefonlarini ishlab chiqaruvchi bo‘linmasini sotmoqchi


Finlandiyaning telefon ishlab chiqaruvchi Nokia kompaniyasi hozirda o‘z boshidan judayam qiyin vaziyatni o‘tkazayotganligi hammamizga ma’lum. Shu sababdan kompaniya yaqinda o‘zining judayam qimmat telefonlar ishlab chiqaruvchi VertuThe Financial Times” gazetasi Britaniya ommaviy axborot vositalariga tayangan holda xabar qilgan. bo‘linmasini sotishga qaror qildi. Bu haqda "

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu bitim bilan "Goldman Sachs” investitsion banki shug‘ullanadi hamda jarayon endigina boshlangan.

Nokia kompaniyasining rasmiy vakillari ushbu xabarga hali biror izoh berishgani yo‘q, chunki kompaniya ichida mazkur bo‘linmani sotish to‘g‘risidagi yakuniy qaror qabul qilinganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Vertu faqatgina hashamatli, judayam qimmat telefonlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi hamda Nokia ushbu bo‘linma faoliyati haqidagi statistik ma’lumotlarni ommaga e’lon qilmaydi. Biroq, ba’zi manbalarga ko‘ra, Nokia o‘zining ushbu bo‘linmasi faoliyatidan bir yilda o‘rtacha 200-300 million yevro daromad oladi.

Ma’lumot o‘rnida:

Nokia – jahonda mobil kommunikatsion texnologiyalar sohasidagi eng yirik kompaniyalardan biri. Kompaniya mobil apparatlar ishlab chiqarish hamda mobil telefonlar va
kommunikatorlar uchun dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish, ularni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Hozirda kompaniyada butun dunyo bo‘ylab 136 ming kishi mehnat qilmoqda (bunga "Nokia Siemens Networks” qo‘shma korxonasidagi ishchilar ham kiradi).

O‘tgan 2010-yilda kompaniya jami 453 million dona mobil qurilma sotishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, so‘nggi yillarda Nokia kompaniyasining jahon bozoridagi ulushi tinmay kamayib bormoqda. Xususan, 2011-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra uning jahondagi ulushi 23 foizni tashkil qilmoqda. Smartfonlar savdosi bo‘yicha esa
Nokia uchinchi o‘ringacha tushib ketdi, bu borada hozirda Janubiy Koreyaning Samsung va AQShning Apple kompaniyalari yetakchilik qilmoqda.

Elita telefonlar ishlab chiqaruvchi Vertu kompaniyasi 1998-yilda tashkil qilingan bo‘lib, hozirda u Nokia kompaniyasi tarkibiga kiradi. Uning bosh ofisi Angliyaning Cherch-Krukxem shahrida joylashgan.

Vertu o‘z telefonlarini bezashda ba’zi qimmatbaho metallar, teri, yoqut oyna va javohirlardan foydalanadi. Kompaniyaning apparatlarini sotib olganlar "Vertu Concierge” servisiga ham a’zo bo‘lib, ushbu xizmat yordamida ular restorandan joy band qilish, taksiga buyurtma berish yoki samolyotga chipta buyurish kabi ishlarni qilishi mumkin.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Qiziqarli | Просмотров: 1009 | Добавил: ๑۩۞۩MUХAMMADYUNUS۩۞۩๑
Всего комментариев: 1
1 Yunus_91  
omad malumoq uchun raxmat cool1

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2011  »
DuSeChoPaJuShaYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2024