- Men sendan kuchliman! - xiringlabdi Nafrat Muxabbatga qarab.
- Bir qadam bossang bas , oyoqlarim ostida yangchilib ketasan.
- Bekorlarni aytibsan! Meni ishonch himoya qiladi! - boshini mag`rur tutib so`zlabdi Muxabbat.
- Mening ukam Gumon, hamisha Ishonchingdan ustun kelgan.
- Vafo bilan Sadoqat gumoningni bir zumda yo`qqa chiqaradi!
- Rashk Gumonga qalqon bo`ladi.
- Mehr Gumonni vayron qiladi.
- Yolg`on Qahrni yetaklab keladi!
- Men bor joyda Yolg`on bo`lmaydi! - Muxabbat odatdagidek Nafratdan ustun kelmoqchi bo`libdi.
Biroq zamon o`zgargan, fasllar, kuchlar alishgandi....
Oshiqlar bir - biriga nisbatan ishonchini yo`qotgan, Rashk Gumonga yetaklar, Gumon mehrni yo`qqa chiqarar, Qahr ayriliqni yetaklab kelib, Muxabbatni Xiyonatga sotib yurar edi...
Zamon o`zgargan edi...
Ko`ngil bermoqdan maqsad yetishmoqqa, Sevmoq niyati Visolga qorishib ketgandi.
Biror nafni ko`zlamay turib, Sevgidan so`z ochmoq tentaklarga xos bo`lib qolgandi.
"SEVAMAN!" deb aytish - nafas olishdek oson edi...