Boshiga musibat tushgan ko'rinadi... Iste'dodli xonanda va aktrisa Munisa Rizayeva yangi "Bardosh" filmi uchun maxsus saundtrek kuyladi. Musiqasi Sarvarga tegishli bo'lgan ushbu taronaga Jon Rid tomonidan klip suratga olinmoqda. Xonandaning takidlashicha ushbu soundtrek albatta muxlislarga yoqadi va ko'p vaqt davomida sevimli taronalar sirasidan tushmaydi. O'tib borayotgan 2011-yilda xonanda "Ayrilma yor" taronasi bilan ko'pchilikning nazariga tushishga muyassar bo'ldi va tarona hit darajasiga ko'tarildi. BIz ham galdaki taronani ana shunday hit bo'lishini chin dildan tilab qolamiz.