Seshanba, 03.12.2024, 22:09
[HUSH KELIBSIZ!!!]
Приветствую Вас •°Mexmon°• | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Sheriyat olami [88]
Qiziqarli [44]
Kino olami [4]
Sport yangiliklari [18]
Foto prikol [1]
Yulduzlar xaqida [6]
mp3 Ko'cHiRisH [16]
Shou-biznes [41]
Qo'shiq matni [4]
Foydali maslahat [11]
Mashinalar haqida [6]
Xadis va xikoyalar [20]
Скрипты для ucoz [4]
Dunyo habarlari [23]
Kompyuterlar uchun [0]
Sevgi ♥ dunyosi [55]
Har ( xil ) [27]
Fikr mulohaza [19]
Islom olami [13]
Foto suratlar [3]
Video kliplar [14]
Наш опрос
ॐSAYTKA BAXO BERINGॐ
1. ॐ♥JUDA ZOR♥ॐ
2. ॐ♥YAXSHI♥ॐ
3. ॐ♥O'RTACHA♥ॐ
4. ॐ♥YOMON♥ॐ
5. ॐ♥JUDA YOMON♥ॐ
HAMMA JAVOB: 12800013
Мини-чат
Статистика

HOZIR SAYTDA: 4
MEXMON: 4
FOYDALANUVCHI: 0

17:16
Men sizni sog’indim.



Men sizni sog’indim.
Ha, sizni sog’indim! Yaxshiki, qalbimda bosh
ko’targan bu tuyg’u muddaosidan hali u qadar
bohabar emasman. Ammo uni sevgi huruji deya
juda olisdan-da, tan olmoqqa qo’rqaman. Men
sizning zuluqdan qop - qora qoshlaringizni, tunni lol qoldiruvchi sochlaringizni, sutga
chayilganday oppoq yuzingizni emas, hayo
sayqal berib, imon suvida yuvilgan tiniq
chehrangizni qumsayotgandayman. Bilasizmi,
maysa yaprog’idagi shudringning to’kilishi
uchun tong chog’i erkalangan subh sabosining ojiz eskani kifoya. Nazarimda, yuragimni
simmillatgan og’riq dardi ham o’sha maysa
bargidagi tomchiday omonat va hadikli.
Hadiklisi shundaki, uning bag’rida vujudni
oziqlantiruvchi ishq niholi nish urmog’i havfi
bor. Ammo bu behosiyat, bemaqsad istakning qad
rostlashiga imkon berish dil farog’ati va
sokinligiga rahna solish bilan barobardir.
Go’zallik hamisha ehtiyojga muhtoj. Sizdagi
joziba va nafosat ehtimolki o’z tafakkuriga
kuchi yetmaydiganlarni tuyqus qalqitar, haq fikrdan chalg’itar. Komillar esa yuzingizni hijob
kabi o’ragan hayo pardasi-yu, imon nurini
sezmasligi mumkin emas. Men sizni sog’indim!
Siz aslida siz emas. Sizning timsolingiz sizdan-
da ofiyatli, sizdan-da ziynatli.
Buni anglamoq osonmas. Buni faqat qalb ko’zi ila ko’rishga qodir insonlar sezurlar. Inchunin,
men sizdagi ibo, iffat va beg’uborlikka
tashnaman. Tashnalik - sabrni qaqshatuvchi
sezgi. Bu sezgining ko’zi ko’r. Unga sarbon
kerak, posbon kerak, qanoat kerak. Ammo
tashnalik vaqtida qondirilmasa telbalikka aylanur. Telba uchun ikki dunyo bir odim. Yana
bilingki, boylikka, amalga, shohlikka tashnalik
ortidan ortadigan telbalikdan ishq azobidan
keladigan Majnunlik azoblidir, og’riqlidir. Men
sizni sog’indim! Sizning beg’ubor yuzingizga
boqmoqlik ibodat taftini berayotganday. Ovozingizda ona allasi kabi buyuk taskin zohir.
Nigohingiz bemorni oyoqqa turg’azishga qodir.
Siz suhbatdoshga mehr ulashasiz, qalbingizdan
sachragan uchqun o’zga qalbni yondirmog’i,
adoi-tamom qilmog’i mumkinligini hatto
tasavvur ham qilolmaysiz. Chunki, siz shunday yaralgansiz. Nazokatli ayolsiz, ehtimolki,
zebigardonlarga ko’nglingiz sust ketar. Shu
vajdan oltinu zar do’konlariga kirgandirsiz.
Bilasizmi, peshtaxtada ko’zingizni
qamashtiruvchi taqinchoqning haridori kam.
Nega shunday, nega asl toshlar ostga cho’kib, soxtalari sotilar? Chunki, asl ashyo kamyobdir,
kamyob durning asl egasi ham sanoqli. Oltin
egasini topsagina qadrlanur. Aks holda sotilib,
javonda saqlanishidan ne naf? Bokira ayol ham
– qo’l tegmagan javohir kabi sadoqatli yorini
uzoq kutishga majbur. Bu yorug’ olamda bitta giyohning, xas – cho’pning ham yaratilishida
katta ma’no bor. Agar u keraksiz bo’lsa –
yaratilmasdi. Yaratilibdimi, kurrai zaminning
qay bir burchagida egasi ham, haridori ham
kutib yashayapti. Taqdirida yozilgan-ki, o’z
juftini topgay. Qarama – qarshi yo’nalishdagi yo’lovchi yo’ldosh bo’lolmagani kabi, aqlliga
aqlsiz, do’stga dushman, donoga nodon
yorlikka yaramaydi. Qarang, fikrlar selday
yog’iladi, tafakkur tutqich bermaydi, ammo
baribir sog’inch olovi pasaymaydi. Men sizni
sog’indim. Nega, deb o’ylaysiz chog’i? Koshki bu so’roq javobini o’zim topolsam. Topganim shuki,
bir suhbat barobarida maqomingizni angladim.
Odamlar yong’oqning po’stiga qarab
baholaydilar, mag’zi va mazasini
surishtirmaydilar. Yong’oqning po’sti bu
shunchaki – sirt, sirtdan hamma narsa chiroyli va diltortar. Diltortar-u, biroq shubhali. Har bir
yaltiroq tosh yoqut emas-ku. Har bir yoqimtoy
qiz qalbi g’uborsiz deb kim aytadi? Men esa o’z
baxtimdanmi va yoki navbatdagi
baxtsizligimdanmi sizning siyratingizni uqib
oldim. Bu jarayon darhol emas, o’sha suhbatdan so’ng ancha o’tgach, asta – sekin bilindi. Yurak –
yurak-da, darrov ko’krak nafasini buzmoqqa
chog’landi. Aql – aql-da, yurakka qo’l soldi.
Holatimni anglatmoqqa urindi. Dediki, "O’zga
bir qalbni fath etishga jur’at etibsan-u, bu
charog’on go’shaga musofirlar qo’yilishi yoki qo’yilmasligini nega o’ylab ko’rmading?
Nahotki, daydi va aldoqchi hayollar qanotiga
minish hatarini bilmading? Osmondagi oyni
yoqtiruvchilar kammi yoki o’zing uning
jamoliga oshufta emasmisan? Biroq hech
qachon uni qo’yningda ko’rmoqni orzulamaysan-ku? Hozirgi holatingni shunga
qiyoslayver. O’z holini bilmaganning ahvoliga
voy… Yaxshisi, siyohi qurimagan maktubingga
chiziq tort, yuragingda uyg’onayotgan sarobiy
umidlarni parchala, yerga tush, hayol bilan
hayot oralig’ida sargardon yurma, shayx San’on boshiga tushgan savdoni sotib olma, illo sening
shayxniki kabi oqil muridlaring yo’q… ” Men
sizni sog’indim. Aql tarozusi bilan his – tuyg’uni
o’lchab bo’lurmi? Tuyg’ular oddiy loymidi
qolipga tushsa. Kim nima desa, deyaversin,
menga aql o’rgatmoqchilarni ahmoqqa chiqarurman, ko’ngilni jilovlash mumkin,
deguvchilar ustidan handon otib kulurman,
esingni yig’, deya dag’dag’a qiluvchilar og’zini
yopurman, illo sizni sog’inishdan
charchamasman. Qo’lim oyga yetmasligini
bilsam – da, sarobga sahovat yo’qligini anglasam – da, orzulardan yasalgan
parivashligingizga ishonsam – da, yo’limdan
qaytmayman.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Sevgi ♥ dunyosi | Просмотров: 1557 | Добавил: Yunus_91
Всего комментариев: 4
4 JOONIM1  
G'oyat 4iroyli mazmunli s6zlar raxmat

3 Moxida  
Voy bular kim uchun

2 _farishta_  
juda tasirli rahmat

1 -=ALISA=-  
juda uzun z6r narsekan

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Yanvar 2012  »
DuSeChoPaJuShaYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2024