Наш опрос |
ॐSAYTKA BAXO BERINGॐ
HAMMA JAVOB: 12800013
|
Статистика |
HOZIR SAYTDA: 6 MEXMON: 6 FOYDALANUVCHI: 0 |
|
| | |
|
17:51 Kompyuter virusiga 40 yil to‘ldi |
Dunyodagi birinchi kompyuter virusi – Creeper dasturi yaratilganiga 40 yil to‘ldi. U AQSh mudofaa vazirligi agentligi tarmog‘i – ARPANET3ga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya xodimi tomonidan 1971 yilda yaratilgan edi. Amaliy jihatdan Creeper aslida hech qanday kompyuter virusi emas. Uning muallifi – muhandis Bob Tomas shunchaki kompyuterlar bo‘ylab harakatlana oluvchi dastur yaratgan, xolos. Keyinchalik yaratilgan kompyuter viruslari va chuvalchanglaridan farqli o‘laroq, Creeper yangi kompyuterga o‘tgach, avvalgi tizimdan o‘z nusxasini o‘chirib ketavergan. Creeper TENEX amaliyot tizimiga asoslangan DEC PDP-10 kompyuterlarida "yashay” olgan. Bu ulkan kompyuterlar o‘sha paytlarda turli ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining hisoblash markazlarida qo‘llanilgan. "Kompyuter virusi” atamasi ancha keyin paydo bo‘ldi. 1983 yili kaliforniyalik talaba Fred Koen kompyuter xavfsizligi mashg‘ulotlarida o‘z- o‘zidan ko‘payuvchi va tarmoqlarga tarqab ketuvchi dastur yozish ustida ish olib bordi. Koenning dasturi ham hech qanday xavf tug‘dirmagan, chunki bu asosan sinov maqsadlarida bo‘lib, nazorat ostida edi. Shu-shu Fred Koen "kompyuter virusi” atamasi muallifi sifatida e'tirof etiladigan bo‘ldi, ba'zi ma'lumotlarga qaraganda, virus atamasini uning ustozi, kompyuter bilimdoni Leonard Edlman qo‘llagan ekan. Nima bo‘lganda ham 1983 yilda Koen bu dasturlarga bergan ta'rif dolzarblik kasb etsa- etyaptiki, o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q. Oddiy foydalanuvchilar uchun yo‘naltirilgan dastlabki viruslardan biri Elk Cloner dasturidir. Aytish kerakki, disketlar orqali tarqaluvchi bu virus deyarli beziyon edi: faqat kompyuter har elliginchi marotaba o‘chirib-yoqilganida ekranda kichik bir she'r parchasi paydo bo‘lgan. Hozirga kelib, internet viruslar tarqalishining asosiy vositasi hisoblanadi. Bunday keng ko‘lamli kiberhujumlar oqimining dastlabkisi 2000 yilgi ILOVEYOU virusi epidemiyasidir. Elektron pochta orqali tarqaluvchi bu virusda foydalanuvchilarni tuzoqqa tushirish uchun ijtimoiy muhandislik usullari qo‘llanilgan. Xatdagi balandparvoz sarlavhani o‘qiganlar shoshilinch ravishda uni o‘qishga urinishlari oqibatida zararli dastur ishga tushib ketavergan. Darvoqe, o‘sha Fred Koen 1987 yili barcha ehtimoliy viruslarni 100 foiz topish va fosh etish borasida algoritm yaratib bo‘lmasligini ham isbotlab berdi. |
Категория: Shou-biznes |
Просмотров: 1299 |
Добавил: ๑۩۞۩MUХAMMADYUNUS۩۞۩๑
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|