[/b] Ketavering ortingizga boqmang jonim Yetmadi sizga qilgan ohu zorim Ketavering yuragim sizsizlikka ko'nib qolar Yana bu yurak o'zgasini sevib qolar.
Ketavering mayli tashlab armonlarga Ketavering meni tashlab hijronlarga Ketavering o'zga yorni bahtli qilib, Mendayin Bir bedavoni bahtsiz qilib Yuragim sizsizlikka ko'nib qolar
Ketavering menga beparvo bo'lib Ketavering ko'zlarimni yoshga qo'yib Ketavering yuragimni tig'day yorib Yuragim sizsizlikka ko'nib qolar.
Bir kun kelib juda afsus chekarsiz Mendayinni qadriga ham yetarsiz Lekin unda juda ham kech bo'ladi Mening ko'nglim o'zga bilan ho'p to'ladi
Hozir o'ylang mendan butunlay ketmay turib, O'zga yorning yolg'oniga uchmay turib.[/b]