Ba’zi odamlar boshqalarni diqqatini jalb qilaman deb ko’p gapiradilar va bu bilan oddiy odam, qo’lidan hech narsa kelmaydigan bo’lib ko’rinadilar. Odamlar bilan gaplashganda qisqa va qandaydir sir bilan gapirish bilan siz ularda katta tasurot qoldirishingiz mumkin.Agar katta obro’li odamlarni minbarga chiqib aytgan gaplariga axamiyat bersak, ular qisqa va jumlani oxirgacha gapirmagandek tuyulishadi.Rassom Andi Uorxol yoshlik chog’idan faqat majburlashlar bilangina siz istagan narsaga erishib bo’lmasligini tushungan edi. U juda qisqa va dirli gapirardi. Odamlar o’zi shunday, ularga qancha ko’p gapirib nimanidir bajarishga undasangiz, ular shuncha sizdan uzoqlashadilar va sizga ishonmay qo’yadilar.Kunlardan bir kuni u do’stiga shunday dedi: "Do’stim men kam gapirib ko’p narsaga erishish mumkinligini tushundim”U butun umri davomida shu usulni omadli ishlatib kelardi. Jurnalistlarga bergan intervyusida gapini shunchalar sirli qilardiki, bu sirga yetish maqsadida journalist unga yana savol berardi. Va ularning suxbatlariga qiziqish orttib borardi.U o’z ishi haqida, kundalik hayoti haqida gapirish yoqtirmasdi, odamlarga hayotini yoki ishini eng qiziq joyini gapirib qo’yardi, qolganini odamlar mish-mish qilib to’qirdilar.Lyudovik XIV ham ko’p gapni yoqtirmasdi. U shunday derdi : "Fransiya-bu man”. Yoshligida u juda kop gapirardi, ammo katta bo’lgach, kam gapning kuchini sezib qoladi. Kam gapirgan odamni muvozanatdan chiqarish qiyin derdi u.Hech kim bu qirolni hozir nima qilishini bilmasdi. U qisqa gapirardi va odamlar uni bu gapidan cho’chib turardilar. Hech kim uni qulog’iga bir nimalarni gapirib, uni alday olmasdi.Jim turgan qirol shunchalik jiddiy va kam gap ediki, gapirayotgan odam uni gapiga ishonayotganiga ham , ishonmayotganiga ham tushunmas edi, shuning uchun bor haqiqatni gapirib qo’yardi.