Payshanba, 21.11.2024, 15:34
[HUSH KELIBSIZ!!!]
Приветствую Вас •°Mexmon°• | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Sheriyat olami [88]
Qiziqarli [44]
Kino olami [4]
Sport yangiliklari [18]
Foto prikol [1]
Yulduzlar xaqida [6]
mp3 Ko'cHiRisH [16]
Shou-biznes [41]
Qo'shiq matni [4]
Foydali maslahat [11]
Mashinalar haqida [6]
Xadis va xikoyalar [20]
Скрипты для ucoz [4]
Dunyo habarlari [23]
Kompyuterlar uchun [0]
Sevgi ♥ dunyosi [55]
Har ( xil ) [27]
Fikr mulohaza [19]
Islom olami [13]
Foto suratlar [3]
Video kliplar [14]
Наш опрос
ॐSAYTKA BAXO BERINGॐ
1. ॐ♥JUDA ZOR♥ॐ
2. ॐ♥YAXSHI♥ॐ
3. ॐ♥O'RTACHA♥ॐ
4. ॐ♥YOMON♥ॐ
5. ॐ♥JUDA YOMON♥ॐ
HAMMA JAVOB: 12800013
Мини-чат
Статистика

HOZIR SAYTDA: 3
MEXMON: 3
FOYDALANUVCHI: 0

12:30
IRODALI BO’LISH UCHUN 6 MASLAHAT


Ma’lumki, agar muvaffaqiyat qozona olmasak, uyda yoki ishda ozgina muammolarga duch kelsak, hayot tajribamiz bir oz pand bersa, darhol bizni tushkun kayfiyat o’rab oladi. Tushkunlik esa hech vaqt bizni bu noqulay vaziyatdan olib chiqolmaydi; o’zimizni o’nglab olishning yagona yo’li – bu irodali va kuchli mantiqiy tafakkurga ega bo’lishdir. Quyidagi maslahatimizda irodali bo’lishning o’ziga xos sirlari haqida so’zlaymiz

1) Bugungi kun nafasi bilan yashang. O’tmishda yo’l qo’ygan xatolaringizni, muammolaringizni bir muddat esdan chiqaring. Kelajagingiz bugun qo’yadigan qadamingizga bog’liqligini unutmang. Siz uchun har kuni yangi kun boshlanishi kerakligini his qiling. Chunki o’z muammolaringiz haqida o’ylab qayg’urganingiz bilan masala o’z yechimini topmaydi, siz esa behuda tushkunlikka tushish bilan vaqtingiz, imkoniyatingizni boy berishingiz mumkin. Yaxshisi, o’zingizga eng yoqimli, qiziqarli bo’lgan mashg’ulot bilan shug’ullaning, ko’nglingizga yaqin inson bilan suhbatlashing va hk. 2) O’zingizda ishonch hosil qiling. Ko’pchilik o’z- o’ziga ishonmaslik oqibatida erkin qadam tashlashdan, yutqazgan narsalarini qaytadan boshlashdan voz kechadi. Ammo insondagi o’ziga bo’lgan ishonch hissi, ko’pincha uning maqsadga erishishiga sabab bo’ladi. Shunday ekan, yutqazishdan cho’chimang. Chunki hayot yutish va yutqazishdan iborat, siz qachondir yutqazgan narsalaringiz evaziga katta narsani yutib olishingiz mumkin. 3) Hech vaqt asabiylashmang. Asab insonning doimo tiniq fikrlashiga to’sqillik qiladi. Muammoni yanada chigallashtiradi; asabingizni asrang. Uni jilovlashning yagona yo’li – asabni buzadigan holatlarga ahamiyat bermaslikdir. 4) Vaqtida ovqatlaning. Ba’zilar ish yoki shaxsiy muammolar ichida qolganda ishtahasiz bo’lib ovqatlanishni unutib qo’yadilar. Bu bilan o’z faoliyatlarini yanada susaytirayotganini bilmaydilar. O’z vaqtida ovqatlanib turish organizmni mo’tadillashtiradi va harakatchan, faol bo’lishiga, miya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. 5) Muammoga chetdan nazar tashlang. Masalan, siz uchun kattaroq va chigal hisoblangan muammo boshqalar uchun arzimas bo’lishi mumkin. Muammolaringizga uzoqroqdan turib razm soling; xafa bo’lishga qanchalar haqli ekaningizni o’ylab ko’ring. "Balki bundan ham qiyinroq vaziyatga tushib qolishim mumkin edi-ku” degan fikr bilan hozirgi ahvolingizga nisbatan sabrli va shukrli bo’ling. Shunda sizni qiynagan muammo aslida hech narsa ekanini anglaysiz. 6) Hayotni borligicha qabul qiling. Ba’zi kishilar hayotni o’zim boshqarayapman deb o’ylaydilar. Garchi shunday ko’rinsa-da, aslida hayot insonni boshqaradi. Doim muvaffaqiyatga erishib kelgan kishi bir gal pand yesa, buning zarbini ko’tara olmaydi. Sababi ular hayotni boricha qabul qila olmaydi. Unday kishilar doim o’z xohish-istaklari amalga oshishi kerak deb hisoblaydilar. Omad yuz o’girganida, muvozanatni yo’qotib qo’yadilar. Hayotni borligicha qabul qilish esa kunida yetti bor yiqilib, yetti bor o’rindan turishni o’rgatadi.

Iroda barchamiz uchun kerakli narsa. Ammo hamma ham o’zida bu kuchni topa olmaydi. Irodasizlik insonni faollikdan uzoqlashtirishi mumkin. Harakatsiz, g’ayratsiz inson esa, ertangi kuniga ishona olmaydi va muvaffaqiyatga erishishi qiyin kechadi. Hayot sinovlaridan o’ta olish uchun irodali bo’lishimiz lozim. Har bir qulagan narsani bundan ham ko’rkamroq qilib tiklash mumkinligini yodda tuting va buni uddalash uchun o’zingizga qaytadan imkoniyat bering. Shunda eng mustahkam irodaga erishishingiz mumkin
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Islom olami | Просмотров: 1838 | Добавил: Yunus_91
Всего комментариев: 3
3 GULZODA  
zur raxmat

2 Sevar  
Xarakat qilaman

1 Sevar  
Raxmat

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Yanvar 2012  »
DuSeChoPaJuShaYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2024