Shanba, 23.11.2024, 16:54
[HUSH KELIBSIZ!!!]
Приветствую Вас •°Mexmon°• | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Sheriyat olami [88]
Qiziqarli [44]
Kino olami [4]
Sport yangiliklari [18]
Foto prikol [1]
Yulduzlar xaqida [6]
mp3 Ko'cHiRisH [16]
Shou-biznes [41]
Qo'shiq matni [4]
Foydali maslahat [11]
Mashinalar haqida [6]
Xadis va xikoyalar [20]
Скрипты для ucoz [4]
Dunyo habarlari [23]
Kompyuterlar uchun [0]
Sevgi ♥ dunyosi [55]
Har ( xil ) [27]
Fikr mulohaza [19]
Islom olami [13]
Foto suratlar [3]
Video kliplar [14]
Наш опрос
ॐSAYTKA BAXO BERINGॐ
1. ॐ♥JUDA ZOR♥ॐ
2. ॐ♥YAXSHI♥ॐ
3. ॐ♥O'RTACHA♥ॐ
4. ॐ♥YOMON♥ॐ
5. ॐ♥JUDA YOMON♥ॐ
HAMMA JAVOB: 12800013
Мини-чат
Статистика

HOZIR SAYTDA: 3
MEXMON: 3
FOYDALANUVCHI: 0

16:09
๑♥Ilk Dil Izhori♥๑

Roziman, osmonning mohi bo’lsamu,
Samodan sog’inch-la sizga termulsam.
Roziman, baxtingiz yulduzi bo’lib,
Poyingizga gul misoli to’kilsam.


Roziman, tongingda quyosh misoli,
Zulmatdan zerikkan qalbing yoritsam.
Roziman, ostonang ostidan jilmay,
Senga kelgan dard-u g’amni aritsam.


Roziman, dardlarim siz ila yengsam,
So’ngra qalblarimiz quvonchga to’lsa.
Roziman, quvonchim, butun hayotim,
Bir kun bo’lsa ham siz bilan o’tsa.


Roziman, kaftimda seni ko’tarib,
Yugursam-u, armon yeta olmasa.
Roziman, jonimga aylangan joning,
Umrbod qalbim tark eta olmasa.


Roziman, borlig’im, qalbingiz bo’lsam,
Bir umr siz bilan yonma-yon yursam.
Roziman, gar jonim olsa Azroil,
Nurli ko’zlaringiz so’nggi bor ko’rsam.

Roziman, sen bilan baxtni anglasam,
Ovozing to mahshar sevib tinglasam.
Bizni hatto o’lim ayirolmasa,
Uying ham, qabring ham, gulim, men bo’lsam.

Roziman, men jonim, gulingiz bo’lsam,
Yolg’iz siz-chun iforlarim taratsam.
Roziman, kelajak baxtimiz uchun,
Bargimdan muhabbat qasrin yaratsam.


Roziman, azizam, gulim bo’lsang-u,
Hatto tikonlaring suyib ovunsam.
Baxtimdan entikib, baxtingdan yayrab,
Xushbo’y iforingga har tong yuvinsam.

Roziman, quyoshim, tongingiz bo’lsam,
Har kuni entikib diydor sog’insam.
Diydordan quvonib, ko’zlarim yoshlab,
Maysalarga shudring bo’lib to’kilsam.


Roziman, yo’l yursang, manziling bo’lsam,
Ko’zing qarog’iga o’rnashib qolsam.
Sen tomon intilib, qoshingga chopib,
Sen bosgan maysani tumordek bilsam.

Roziman, azizim, manzilim bo’ling,
Faqatgina siz tomonga talpinsam.
Roziman, mayli, kech men sizni topib,
Baxt yomg’irida siz-la cho’milsam.


Roziman, qalbimga bahordek kirsang,
Kuzning hazonini tepkilab o‘tsam.
Qishdan musaffolik tilab sen uchun,
Yozning yom’giridek sochlaring o’psam.


Roziman, beg’ubor bahor bo’lsam-u,
Bog’larda siz sevgan guldek ochilsam.
Roziman, go’zalligim sizga baxsh etib,
Bo’shingizdan yomg’ir bo’lib sochilsam.

Roziman, go’zalim, boshimga baxt qushi bo’lsang,
Gar o’lsam, sen uchun qayta tirilsam.
Sevgi osmonida ishq tuprog’idan,
Baxtning haykalini sen-la qurolsam.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Sheriyat olami | Просмотров: 1218 | Добавил: ๑۩۞۩MUХAMMADYUNUS۩۞۩๑
Всего комментариев: 1
1 ˚۵ॐLaYLiॐ۵˚  
zor tongue

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2011  »
DuSeChoPaJuShaYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Архив записей
Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2024