Bir sulton Hindiston ziyorati chog'ida juda ham go'zal gullarni ko'rib, ularning rangi va bo'yidan mast bo'ldi. Qaytish chog'ida o'sha gullarning uug'idan oldi. Yurtiga yetib kelgach, saroy bog'bonini huzuriga chorladi. Gul urug'larini saroy big'iga ekib, yaxshilab parvarishlashni, ilk g'uncha ochilganida esa huzuriga olib kelishini tayinladi. Bog'bon gullarni quyosh ko'p tushadigan joyga ekdi. mo'l o'g'it berib mehr bilan parvarishladi. Vaqt o'tishi bilan g'unchalardan biri xushbo'y hid taratib, qip-qizil bo'lib ochildi. Bog'bon gulni uzib hayajon bilab shoh huzuriga yo'l olgan ham edi, bir qush kelib gulni sochib tashladi. Bog'bon podshohga borib, bo'lgan voqeani so'zlab berdi. Podshoh: "Xafa bo'lma, qushning bu ishi shundayicha qolmaydi. Sen borib ishingni davom ettiraver" dedi. Bir kuni bog'da aylanib yurgan bog'bon gulni parchalab tashlagan qushni bir ilonni og'zida ko'rdi. Darhol buni podshohga yetkazdi. "Ilonni qilmishi ham shundayicha qolmaydi" dedi podshoh. Bog'bon o'z ishiga qaytdi. Bir payt boyagi ilonni oyoqlariga o'ralib olganini ko'rib, qo'lidagi belkurak bilan uni o'ldirdi. Buni ko'rib turgan podshoh : "sening ishing ham shundayicha qolmaydi" dedi. Bir kuni shoh saroy bog'ini nazorat qilish uchun tashqariga chiqdi. Bog'ni tartibsiz, iflos holda ko'rib qattiq g'azablandi. G'azabining zo'ridan bog'bonning boshi tanasidan jido qilinishiga buyurdi. Ertasi kuni jazo maydonida mahkumning so'ngi tilagi so'raldi. "Tilagimni faqat shohga aytaman" dedi bog'bon. "Huzurimga olib keling uni!" dedi shoh. Bog'bon: "Ey davlatshoh! Qush gulni parchaladi, shundayicha qolmaydi, dedingiz. Qolmadi, ilon uni bo'g'ib o'ldirdi. Uni ham shundayicha qolmaydi, dedingiz, oyog'imga o'raldi, uni o'ldirdim. Mening ishim ham shundayicha qolmasligini aytdingiz. Mana hozir meni o'ldirmoqchisiz. Ehtiyot bo'ling, sizning ishingiz ham shundayicha qolmaydi!". Bog'bonning gapi shohga ibrat bolib uni jazodan forig' qildi.