DO'STLARIM BARCHAMIZANI DO'STIMIZ BOR ALBATTA LEKIN DO'ST O'ZI NIMA DEGANI BILASIZMI MAN BIR DO'STIM BILAN SUXBATLASHIB QOLDIM DO'STLIK XAQIDA BALKI O'QIB KO'RARSIZ.
Do’st kim? - Rivoyatgo’y kimsa oldingizga kitobiy gaplarni galashtiradi.. Siz ham uni tiglaysiz, go’yoki yo’q o’ljani kutayotgan arslonday. Aslidachi?
Do’stni qidir qalbing tubidan, Cho’kib borar tubanlik tomon. Do’stingman deb avrab keyinroq. Uni chohga itarish yomon.
Do’st qidirma yolg’on dunyoda, Hasadgo’yning do’stligi yolg’on. U misoli sharobdek bir gap, Tortqilaydi zulmatga tomon.
Xo’sh, shu sakkiz qator misrani o’qib nimaga erishdingiz? Do’stning nimaligigami? - Yo’q. Lekin haqli savol bu, do’st kim o’zi?
To’qligingda yo’qlagan, Sho’ligingda sakragan. Kulfat tushsa boshinga, Shu on seni tark etgan.
O’sha mening do’stimdir. Muxtoj bo’lsa ko’makka, Yordam kutgan yolvorgan. Ko’zing ketsa pinakka, Yuragingga tosh otgan. O’sha mening do’stimdir.
Haqiqatdan ham o’sha inson meni do’stim bo’ladi. Lekin unday do’stdan nima naf, nima foyda bor? - Inson birovni giybat qilmasa, birovning kamchiligini aytib huzurlanmasa, nainki tirnoq ichidah kir qidirmasa… Tasavvurning poyoni yo’q, lekin bu narsani tasavvur ham qilolmaysiz. Bu dunyoda kimning do’sti yo’q? - Hechkimning, aslini olganda hechkimning. Ammo uning yonida hamrohi, soyasi(do’sti) bo’ladi. Soya qaysi rangda bo’ladi? - Qora albatta qora? O’sha qora soya odamning do’sti bo’ladi. Kechagina do’st edingiz, bugunchi, u sizni tanimaydi. Nimaga? - Nimagaki end unga boshqa yordam kerak. U yordamni berish sizning qo’lingizdan kelmaydi. Odamning yuzi issiq bo’ladi. Shuning uchundir ison insonning yuziga haqiqatni gapirmas. Vaholanki unga uh-to’rt yolg’o do’stlari hamroh bo’lsa…
G’iybatga tushishishadi! Kimningdir kamgapligini, kimningdir qaro qoshiniyu yana kimningdir tovoniga tushib turadigan sochini kestirganini. Darhaqiqat odamning yuzi issiq bo’lar ekan. Men ham shu gaplarni kimgadir aytishim mumkin edi, lekin yana o’sha bechora qog’ozning yuziga solishdan boshqa chora topolmadim.
Shuncha kundan beri siz ko’rib, chidab turibsizku nima qipti men ham chidab tursam. Afsus chidayolmadim. Yana mening dardimga shu oq qog’oz oro kirdi Kimdir alamini aroqdan oladi, boshqa birov xotinidan, men esa qog’ozdan oldim. Birovni g’iybat qilib gunohini olgandan shu ming marta yaxshi.
Chiroying bo’lmasa bu gunoh emas, Gunoh emas dimog’dorlik ham. Ayb emasdir sevgi, ishq havas. G’iybat yomon giybat yomon.
Yomon emas sevging rad bo’lsa, Gunoh emas tunlar bedorlik. Ayb emasdir suyganing bo’lsa. G’iybat yomon giybat yomondir.
Yomon birov qayg’uga botsa, Gunoh birov ustidan kulish. Aybdir birov yig’laganida, Uni kulib masxara qilish.
Do’stning bo’lgani yaxshi, lekin do’stingni ham do’sti bo’lishi yomon.