Jum'a, 22.11.2024, 11:46
[HUSH KELIBSIZ!!!]
Приветствую Вас •°Mexmon°• | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Sheriyat olami [88]
Qiziqarli [44]
Kino olami [4]
Sport yangiliklari [18]
Foto prikol [1]
Yulduzlar xaqida [6]
mp3 Ko'cHiRisH [16]
Shou-biznes [41]
Qo'shiq matni [4]
Foydali maslahat [11]
Mashinalar haqida [6]
Xadis va xikoyalar [20]
Скрипты для ucoz [4]
Dunyo habarlari [23]
Kompyuterlar uchun [0]
Sevgi ♥ dunyosi [55]
Har ( xil ) [27]
Fikr mulohaza [19]
Islom olami [13]
Foto suratlar [3]
Video kliplar [14]
Наш опрос
ॐSAYTKA BAXO BERINGॐ
1. ॐ♥JUDA ZOR♥ॐ
2. ॐ♥YAXSHI♥ॐ
3. ॐ♥O'RTACHA♥ॐ
4. ॐ♥YOMON♥ॐ
5. ॐ♥JUDA YOMON♥ॐ
HAMMA JAVOB: 12800013
Мини-чат
Статистика

HOZIR SAYTDA: 3
MEXMON: 3
FOYDALANUVCHI: 0

18:40
Do‘st yoki sevgilisi uchun kasb tanlash...


Aksariyat insonlar kasb tanlayotganda uning
nomdorlik darajasiga ko‘p e’tibor berishadi.
Jismoniy mehnatni talab qiladigan kasblarni
esa u qadar xush ko‘rishmaydi. Shu sababli o‘rta
ta’limni tugatayotgan o‘quvchilar o‘z
hayotlarini yurist, jurnalist yoki iqtisodchi bo‘lish orzusi bilan bog‘laydilar. Albatta, buning
yomon tomoni yo‘q. Ammo qalbga ham quloq
tutib ko‘rish kerak: qani, u nima derkin?

Unutmangki, har kimning qaysidir sohaga
qobiliyati mavjud. Hamma yurist yoki
iqtisodchi bo‘lavermaydi. Qolaversa, ayni kasb
diplomini qo‘lga kiritish bilan hamma masala
hal bo‘lmaydi. Chunki bu soha bo‘yicha juda
kuchli mutaxassislar bor va ular bilan raqobatlashish oson kechmaydi. Ta’kidlash
joizki, keyingi paytlarda dasturlash va internet
texnologiyalari bilan bog‘liq kasblarning
mashhurlik darajasi ortib bormoqda.


2-XATO: Do‘st yoki sevgilisi uchun kasb tanlash.

"Eng yaqin do‘stim yoki sevgilim falon
institutga hujjat topshirdi. Men ham shu yerda
o‘qiyman,” – deyish kasb tanlashdagi eng katta
xatoliklardan biridir. Afsuski, bunday hol o‘ziga
ishongan abituriyentlar orasida ham uchrab
turadi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, siz tanlagan kasbingiz bilan bir umr birga bo‘lasiz. Bu kasb
siz uchun kelgusida oila tebratish va hayot
kechirishingizda asosiy daromad manbai bo‘lib
xizmat qiladi. Xarakter va qobiliyatingizga mos
kelmaydigan kasbni tanlash esa o‘zingizni
umrbod qiynab yashash demakdir. Unutmang: do‘stingiz yoki sevgilingiz bilan
munosabatlarni boshqa kasb egasi bo‘lgan
holda ham davom ettirishingiz mumkin.

3-XATO: ota-onalarning xohishi.

Ko‘pincha abituriyentlar qaysidir kasbni
tanlagandan so‘ng yo‘lning yarmida "ot
almashtirish”ga qaror qilishadi. Sabab – ota-
onaning xohishi. Aslida, ota-onalar hech qachon
farzandlariga yomonlikni ravo ko‘rishmaydi.
Ularning xatosi esa aynan o‘zlari tanlagan yo‘lning farzandlari uchun doimo to‘g‘ri deb
o‘ylashlaridir. Buning o‘rniga ular o‘z bolalariga
har bir kasbning yaxshi va yomon jihatlarini
ko‘rsatib berishlari, tanlash ixtiyorini yoshlarga
havola etganlari ma’qul. "Falonchi - yurist. U
yaxshi ishlayapti. Sen ham shunday bo‘lasan!” qabilidagi fikr hamisha ham o‘zini
oqlayvermaydi. Chunki yuqorida ta’kidlab
o‘tganimizdek, har kimning qobiliyati har xil
sohaga yo‘nalgan bo‘ladi.

4-XATO: orzular, orzular…

Litsey, kollejni bitirayotgan o‘quvchilar
o‘zlarining eng hayajonli damlarini boshdan
kechirishyapti, deyish mumkin. Balki shu
sababdir, ular turli tashqi ta’sirlarga tez
berilishadi. Masalan, qaysidir qo‘shiqchini
yaxshi ko‘rishsa, beixtiyor unga o‘xshashni orzu qila boshlashadi. Lekin orzu qilayotganda
real hayot bilan ham hisoblashish kerak.
Behuda va hech qanday asosga ega bo‘lmagan
orzular og‘ushida vaqt yo‘qotgandan ko‘ra, dars
tayyorlagan yaxshiroq. Deylik, 100 m masofani
15 soniyada bosib o‘tadigan o‘quvchi futbolchi bo‘lishni emas, balki o‘ziga ma’qul boshqa bir
ishni amalga oshirishni niyat qilgani maqsadga
muvofiq.

5-XATO: pul ortidan quvish.

Kasb ayrim shaxslarda o‘z qobiliyatlarini
namoyon qilish orqali xalqqa foyda keltirish
emas, moddiy daromad olish manbaigagina
aylanib qolgan. Kasb tanlayotgan
abituriyentning "Shu kasbdagi odamlar ko‘p pul
topishadi”, - deb o‘ylashi eng katta xatolardan biridir. Chunki ayni kasb diplomiga ega bo‘lgan
qobiliyatsiz mutaxassislar allaqachon boshqa
sohaga o‘tib ketishgan. Siz o‘z tanlagan
kasbingizning haqiqiy professional egasi
bo‘ling, shunda pul sizning ortingizdan keladi.

Odatda, kasb tanlay olmayotgan litsey va
kollej o‘quvchilariga maxsus psixologik
testlardan o‘tish tavsiya qilinadi. Lekin bunday
testlar har doim ham foydali bo‘lavermaydi.
Eng to‘gri yo‘l – o‘zingiz bilan o‘zingiz
maslahatlashgan, qobiliyatla-ringizdan kelib chiqqan holda kasb tanlashdir. Kelgusidagi
o‘qish va ishlaringizda barchangizga omad yor
bo‘lsin!
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Fikr mulohaza | Просмотров: 1283 | Добавил: ๑۩۞۩MUХAMMADYUNUS۩۞۩๑
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2011  »
DuSeChoPaJuShaYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2024