Közlarim yosh tökdi, aytdim ularga: "Yig'lamang, axir U qaytmaydi sira!" Qaysarlarim aylanib tubsiz ummonga, Dedilar: "Buni könglingdan söra!" Könglimga yolvordim:"Qilma nolalar, U seni eslamas, özgani deydi. " Yurak ham yutib qonli tolalar: "Men be ayb, xayolin öwalni deydi." "Xayolim bunchalar öjarsan, bas qil, Qiynading-ku rosa meni, özingni." Öylar der: "Gunohkor aslida bu til, U tinmay chaqirar qaytmas yoringni" "Tilim qöy, ismini aytmagin boshqa, Tishlar, ushlang uni, sözida tursin!" Tilchi: "Buning uchun bor ishq qoshiga, Ayt unga, sehrini yöqqa chiqarsin!" Mana ishq qasrida turibman tanho, Naqadar gözal u, buncha beg'ubor! Yöq, endi ishq-la bölayin ado Söngsiz qiynoqlarga bölsam-da ducho |