Наш опрос |
ॐSAYTKA BAXO BERINGॐ
HAMMA JAVOB: 12800013
|
Статистика |
HOZIR SAYTDA: 8 MEXMON: 8 FOYDALANUVCHI: 0 |
|
| | |
|
Главная » 2011 » Noyabr » 30 » Britaniyaliklar London Olimpiadasi sharafiga birkilogrammlik oltin tangalarni zarb qilishdi
20:23 Britaniyaliklar London Olimpiadasi sharafiga birkilogrammlik oltin tangalarni zarb qilishdi |
Buyuk Britaniyada kelasi yil London shahrida o‘tkaziladigan "Olimpiada o‘yinlari – 2012” sharafiga dunyoda ilk marta bir kilogrammlik oltin tangalarni zarb qilishdi. "BBC News” saytining xabar berishicha, yangi tanganing dizayni mashhur haykaltarosh Entoni Karo (Anthony Caro) tomonidan ishlab chiqilgan.
Yangi oltin tanganing qiymati 100 ming funt- sterlingga yetadi. Olimpiada sharafiga ushbu tangalardan jami 60 dona ishlab chiqariladi.
Qirolichaning zarbxonasi bundan tashqari Olimpiada sharafiga bag‘ishlangan bir kilogrammlik kumush tangani ham namoyish qildi. Uning qiymati esa 3 ming funt-sterlingga teng; dizayni bilan rassom, bastakor va yozuvchi Tom Fillips (Tom Phillips) shug‘ullangan.
Har ikkala tanganing ham dizayni Buyuk Britaniya qirolichasi tomonidan tasdiqlangan. Oltin tangalar bilan birgalikda unga dizayn muallifining imzosi tushirilgan maxsus sertifikat ham topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2012-yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlari Londonda o‘tkaziladi. Dunyodagi 204 mamlakatdan jami 10 mingdan ortiq sportchi qatnashishi kutilayotgan XXX yozgi Olimpiada o‘yinlari 2012-yil 27-iyuldan boshlanadi. |
Категория: Dunyo habarlari |
Просмотров: 1222 |
Добавил: ๑۩۞۩MUХAMMADYUNUS۩۞۩๑
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|