Kimga erta va yo kech kimga. Hayot yo'ling chirog'in yorit, Armon bo'lib qolmasin damlar. Yaxshilarning g'amini arit, Eslab yursin seni odamlar... Bu ikki insonning taqdirida juda ko'p o'xshashliklar sodir bo'ldi. Taqdiridagi o'xshashliklar natijasida uchrashdilar,tanishdilar...Sevishdilar va nihoyat turmush qurdilar.Buni qarangki,ularning oilasi ham bir-biriga o'xshash edi.Qizning otasi- shifokor,onasi-o'qituvchi,Yigitning esa onasi- shifokor,otasi-o'qituvchi edi. Ular bu narsalarga ko'p e'tibor ham berishmagan. Shunchaki bir tasodif deb qabul qilardilar bularni.Ular bir-birlarini qattiq sevardilar va umrining oxirigacha bir-biriga suyanchig' bo'lishga qasam ichgandilar... * * * -oila a'zolaringizdan birortasida bu kasallik bilan og'riganlar bormi? -Ha lekin u juda uzoq qarindosh bizga.Doktor tekshiruvlarim rostdan shuni ko'rsatyaptimi?Balki adashayotgandirsiz? -Agar bizga ishonmasangiz,boshqa kasalxonada tekshiruvdan o'tishingiz mumkin. -Ho'p,rahmat,sizga doktor... * * * Oradan bir yil o'tgach oila endi 3ta insondan tashkil topdi.O'G'IL...Ismini ota-ona shirin orzu-umidlar bilan Umidjon qo'ydilar...Ko'zlarida umid uchqunlari porlab turadigan jajjigina chaqaloq.Ular endi ota- ona nomini olgandilar.Oila juda baxtiyor edi... -O'simta miyyangizda rivojlanyapti.Zarnigor opa zudlik bilan davolanishingiz kerak. -Yo'q Yaratgan Egam qancha umr bergan bo'lsa shuncha yashayman.Mana yashayapmanku,bir yil yashadim axir bu oz vaqtmi?Uning mo'jizalari kutilmaganda keladi. -Ammo siz mo'jizani kutganingiz bilan... -Yo'q,Raxmat sizlarga kattakon,endi men boray... * * * Bu ahvolda ortiqcha yuk bo'lishni istamaydi eriga.Ajrashishni o'yladi.Bu esa oson ish emas edi albatta.Ayniqsa buni aytish qanchalik azob unga.Va nihoyat kechki ovqat mahali keldi.Chaqaloq shirin uyquda.Zarnigor Murodjon (turmush o'rtog'i)ni kutmoqda.Eshik qo'ng'irog'i chalindi...Murodjon hech nimadan bexabar o'g'lining diydoriga,rafiqasining muloyim qarashlariyu,shirin suhbatlariga intiq bo'lib keldi: -Nima ovqat qildingiz? -Palov. Javobini qisqagina qildi Zarnigor.U ajralishni xayoliga,tasavvuriga sig'dirolmayotgan edi. -Bilasizmi,Murod aka, m...m...men ajralishsak degandim. -Nega? Ovqatni qayeriga yeyotganini ham bilmasdi Murodjon.Ovqat yeyaptimi o'zi yo zaharmi farqlolmadi hatto.Lekin shunday bo'lsa ham Zarnigorga hech nimani bildirmadi.Har doimgi holatida oddiygina qilib so'radi.Zarnigor esa turgan gapki buni kutmagan edi. -...Bilasizmi... -Mayli men roziman.Agar o'sha inson mendan yaxshiroq bo'lsa,mayli men roziman.Sizni yaxshi bilaman odam tanlashda adshmaysiz.Ha,men buni bilaman... * * * Ha,u xotinini boshqasini sevib qoldi deb o'ylayapti.Zarnigor ham erining xulosasini darhol tushundi va jimlik,sukutni o'ziga to'g'ri deb bildi. Murodjon ich-etini yeb tugatganini hech kimga sezdirmadi ham xatto. Hammasini ichiga yutdi. Ich- ichida zil ketdi.Tun yarimlab, hamma uyquga ketganida Umidjonini bag'riga bosib,uni shiringina yuzlaridan,qo'llaridan o'pdi.Unga to'yib-to'yib qaradi.Chunki biladi Zarnigor Umidjonini ham o'zi bilan olib ketadi,Murodjn esa Zarnigor bilan g'ijillashishni umuman xohlamaydi,chunki uni qattiq sevadi. Tong otdi.Murodjon uxlab qolgan edi.Zarnigor uni uyg'otmadi,aksincha o'g'lini olib sekingina bu hovlidan chiqib ketdi.Ikki tomonning ham ota- onasi hech narsaga tushunishmadi.Sud kuni belgilandi va o'sha kun yetib keldi.Ikkisi ham ming azobda,yo'lovchi taksilarda sud tomon yo'l oldilar.To'satdan o'rtada yuk mashinasi paydo bo'ldi.Ikki tomondan kelayotgan ikki mashina... Kasalxona... -Tirikmi? -Qizim... -O'g'lim... -Yashaydimi doktor gapirsangizchi... -Umid bormi? * * * Afsus...Ming afsus...Shu payt chaqaloq chirillab yig'lay boshladi.To'xtamadi.Buvisining qo'lida bir zumda yig'lab ko'karib ketdi.U ham jon berdi.Yo'q...Ishonish qiyin.Bitta oila,Baxtiyor yashayotgan oila,bir kunda bir-birlarisiz yashay olmasliklarini hammaga isbotlab bu dunyoni tark etdilar.Ular endi yana birga!!! Ularni Xudo ham ajratishni xohlamadi.Ular ajralishmadi...Ajralisholmadi...Endi o'sha abdiy dunyoda bir umrga ajralmay,hayotlarini faqatgina baxtdan iborat qilib yashaydilar!!! |