Наш опрос |
ॐSAYTKA BAXO BERINGॐ
HAMMA JAVOB: 12800013
|
Статистика |
HOZIR SAYTDA: 1 MEXMON: 1 FOYDALANUVCHI: 0 |
|
| | |
|
02:11 Balki sevgandirman sizni shunchaki... |
Bormikan siz kabi munis, beg'ubor, Qaramoqqa boshqasiga qilar edim or. Siz bilan hardoim-hammavaqt bahor, Balki sevgandirman sizni shunchaki.
Bo'ysunmas buyruqqa bu mag'rur yurak, "Unimas boshqani sevmog'ing kerak!" Tilagim sizga baxt, eng ezgu tilak, Balki sevgandirman sizni shunchaki.
"Shunchaki bo'lmaydi" - dedim ishonib, Sevaverdim o'zimcha lovillab, yonib. Sizla so'zlashardim shodon, quvonib, Balki sevgandirman sizni shunchaki.
Men uchun yoqimli barcha-barchasi, Qalbimga o'rnashib faqat bittasi. O'zi malham bo'lgan, o'zi yarasi, Balki sevgandirman sizni shunchaki.
So'zlaringiz o'zgalardan o'zgacha, Beg'ubor bir mittigina bolacha. Sizga borib, yetolmadim sizgacha, Balki sevgandirman sizni shunchaki.
Buloq tiniqlikda siz kabi emas, Zilol suvi siz bergan rohatni bermas. "Zilolim" derdimu ammo mumkinmas! Balki sevgandirman sizni shunchaki.
Kechiring orzuga berilib kettim, Orzu deya armon etagin tutdim. Yolg'izim men faqat bir sizni kutdim, Balki sevgandirman sizni shunchaki |
Категория: Sevgi ♥ dunyosi |
Просмотров: 1182 |
Добавил: √˙·•$นÞer•ßσע•·˙√
| Теги: sevgi
|
Всего комментариев: 6 | |
аммо зур шеъракан вей дод
|
Gap yu oma qoil
|
judayam z6r. Omad
|
gap yöq
|
yaxwi wer
|
HA ALBATTA SIZGA YOQAN BOLSA HURSANDMAN
|
|
|
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|