Qabristonda xaroba qabr Atrofida mungli bir nido,
Esib turar shamol singari
Savol kezar bu qaro yerda
Yotar kim u xor-u, zor bo’lib
Kimdir shu on javob bermoqda
Sevgidan hech omadi kelmas Baxtiqaro yotarmish bunda
Yolg’iz, Notinch, Xaroba Qabr
Boqib turar qabrga unsiz
Ko’zlarida alam va nafrat-
Yoshdek qalqib turgan bir yigit,
Qo’llarida tutib turarmish sevgi tig’laridan teshilgan dilni…
Sensizlikni sezganimdayoq
butun tanam muzlab borardi
muzlab qolgan quyosh misoli.
Sevgi derdim baxt derdim qani?.
Sarob qiymatiga baholandi baxt Hijronu armondan bunyod bo’ldi Taxt.
Taqdir qismatiga lol qolganimcha,
Xotirjamlikni qabrdan topmoqchi bo’ldim…
Yolg’izgina qabr ustida
Boqib turdim qabrga unsiz
Ko’zlarimdan sevgim va baxtim Ko’z yosh bo’lib oqib turardi,
Qo’llarimda tutib turardim
Hijron nolasidan ezilgan dilni
Qabr qoshida xayol suraman
Bu - men va Mening QABRIM…