Ezgulik nafasla dunyoga kelgan, Islom dunyosida iymonli bölgan. Qalbi pok yuz közi mexirga tölgan Suyukli dindowim bu kun muborak. Olloxning sevimli bandasi bölin, Baxt va omad ila yuzlarga kiring. Dunyolar saodati sizga chin tilak, Qadirdon dindowim bu kun muborak...
JUM'A AYYOM MUBORAK BO'LSIN HURMAT ILA MUXAMMADYUNUS
sizga Shokolad xat! Qadrli snikersdan ham shirin insonim! Sizga marsdek antiqa umringiz davomida, tviksdek shirin baxt, bountydek orombaxsh hayot, albenidek mazali omad, metrodek beg'ubor orzular, maksimumdek ishingizga maksimallik, kinderdek ajoyib quvonch tilab qolaman. Rafaella kabi nafis muxabbatingiz hech qachon o'zining ta'm va tarovatini yo'qotmasin. Alpen gold dek shirin tilaklarim faqat siz uchun. Shokolad tilaklarim uchun bitta shokolad qarzsiz
Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan, Bu oy “Qur’on” nozil bo‘lgan oy ekan, Ro‘za tutgan zot iymonga boy ekan Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Ro‘za bizga yordam qo‘lin uzatmish, Takabburlar axloqini tuzatmish. Rasululloh yig‘lab uni kuzatmish Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Miskinlarni boy yedirib ichirsin Arazlashgan bir-birini kechirsin Olloh olov kamzullarni yechirsin Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Bo‘lsang uyda, xoh dalada, adirda, Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda. Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak
Ro‘zamizni Olloh uchun tutaylik, Bu dunyodan Iymon bilan ketaylik, Mangu xuzur-xalovatga yetaylik, Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak!