Payshanba, 18.04.2024, 22:14
[HUSH KELIBSIZ!!!]
Приветствую Вас •°Mexmon°• | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Sheriyat olami [88]
Qiziqarli [44]
Kino olami [4]
Sport yangiliklari [18]
Foto prikol [1]
Yulduzlar xaqida [6]
mp3 Ko'cHiRisH [16]
Shou-biznes [41]
Qo'shiq matni [4]
Foydali maslahat [11]
Mashinalar haqida [6]
Xadis va xikoyalar [20]
Скрипты для ucoz [4]
Dunyo habarlari [23]
Kompyuterlar uchun [0]
Sevgi ♥ dunyosi [55]
Har ( xil ) [27]
Fikr mulohaza [19]
Islom olami [13]
Foto suratlar [3]
Video kliplar [14]
Наш опрос
ॐSAYTKA BAXO BERINGॐ
1. ॐ♥JUDA ZOR♥ॐ
2. ॐ♥YAXSHI♥ॐ
3. ॐ♥O'RTACHA♥ॐ
4. ॐ♥YOMON♥ॐ
5. ॐ♥JUDA YOMON♥ॐ
HAMMA JAVOB: 12800013
Мини-чат
Статистика

HOZIR SAYTDA: 3
MEXMON: 3
FOYDALANUVCHI: 0

18:16
Sevgi qachon kelishini bilasizmi...?


Ba’zilar, ayniqsa hozirgi kunda shunday holat
ko‘p uchrayapti, qanchalik yaxshi kiyinsa,
tanishuv saytlarida ko‘p o‘tirsa, nomzodlar
safini kengaytirsa, muhabbatni uchratishiga
umid qiladi. Aslida, unday emas.

Muhabbat siz kutmagan, o‘ylamagan bir paytda
qalbingizga kirib keladi. Siz uning kelganini
sezmay ham qolasiz. Tanishishni istash-
istamasligingizdan qat’i nazar, o‘zi yo‘l topib
keladi ko‘nglingizga. Kun bo‘yi to‘rt devor
orasida o‘tirsangiz ham, ko‘chaga chiqmasangiz ham, muhabbat sizni topib kelishi hech gap
emas. Buning uchun tanishuv saytida o‘tirish
ham, yaxshi kiyinish ham, odamlar orasidan
Uni izlash ham shart emas. Bunga aslo shubha
qilmang.

Muhabbat kutilmaganda kirib keladi. Xo‘p,
ko‘ngilga kirib keldi ham deylik. Keyin nima
bo‘ladi? Qanday yo‘l tutamiz? Uni munosib
kutib olishga tayyormizmi? Yoki haqiqiy
tuyg‘ular qadrini anglamasdan, billur idishday
chil-chil sindiramizmi? Shubhalar to‘rida qoldiramizmi? Yoki zar qadrini bilgan
zargarday uni yuragingiz to‘rida gardu
g‘uborlardan, hasadgo‘y kimsalarning g‘arazli
ko‘zlaridan saqlab yashaysizmi? Bu faqat sizga,
ko‘nglingizdagi muhabbatning qanchalar teran
va samimiyligiga, bardoshingizga bog‘liq.

Agar siz sevgingizni asray olmasangiz, unga
yuzaki qarasangiz, demak, uni qabul qilishga
tayyor emassiz. U asta-sekin so‘na boshlaydi.
Sevgi bilan xayrlashish esa oson bo‘lmaydi.
Ancha azoblanishingizga, iztirobga
tushishingizga to‘g‘ri keladi. Toki qaerda xato qilganingizni anglamaguningizga qadar...

Mana, siz muhabbatning tashrifini intiqib
kutyapsiz. O‘z yarimtasini topgan do‘st-
yorlarga havas bilan qarayapsiz. Ammo
o‘zingiz sevishga tayyormisiz? Muhabbat
kutilmaganda kirib kelsa, dovdirab
qolmaysizmi? Axir, muhabbat hech qachon tashrifidan ogohlantirmaydi. Besas-besado
kirib keladi-yu, qalbingizni butunlay egallab
oladi...?
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Fikr mulohaza | Просмотров: 1057 | Добавил: Yunus_91
Всего комментариев: 2
2 _farishta_  
bilmimane

1 _farishta_  
hmmm bilmadi

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Fevral 2012  »
DuSeChoPaJuShaYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
272829
Архив записей
Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2024