Payshanba, 28.03.2024, 18:48
[HUSH KELIBSIZ!!!]
Приветствую Вас •°Mexmon°• | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Sheriyat olami [88]
Qiziqarli [44]
Kino olami [4]
Sport yangiliklari [18]
Foto prikol [1]
Yulduzlar xaqida [6]
mp3 Ko'cHiRisH [16]
Shou-biznes [41]
Qo'shiq matni [4]
Foydali maslahat [11]
Mashinalar haqida [6]
Xadis va xikoyalar [20]
Скрипты для ucoz [4]
Dunyo habarlari [23]
Kompyuterlar uchun [0]
Sevgi ♥ dunyosi [55]
Har ( xil ) [27]
Fikr mulohaza [19]
Islom olami [13]
Foto suratlar [3]
Video kliplar [14]
Наш опрос
ॐSAYTKA BAXO BERINGॐ
1. ॐ♥JUDA ZOR♥ॐ
2. ॐ♥YAXSHI♥ॐ
3. ॐ♥O'RTACHA♥ॐ
4. ॐ♥YOMON♥ॐ
5. ॐ♥JUDA YOMON♥ॐ
HAMMA JAVOB: 12800013
Мини-чат
Статистика

HOZIR SAYTDA: 1
MEXMON: 1
FOYDALANUVCHI: 0

13:37
SEVGAN YORIM YIG'LAMA!

To'rtinchi kurs edim. Universitetda eng
a'lochi talabalardan biri edim. Bironta
tadbir mensiz o'tmas edi. Turli ilmiy
konferensiyalarda qatnashardim..

Bir kuni Aldulhamid Cho'lpon ijodi
haqidagi konferensiyada ma'ruza qildim.
Konferensiya juda zo'r o'tdi. Tadbirdan
keyin qiziquvchilar bilan yana suhbat
qildik

Mana shu kun bir umr mening yodimdan
chiqmasa kerak. Men savollarga javob
bera edim. Nogahon, bir qizning o'tli
nogohi men tomonga qiyo boqayotganini
sezib qoldim. Bir zumga o'zimni yo'qotib
qo'ydim. Buni ko'pchilik sezmasa-da, ana o'sha qiz sezib, darrov ko'zini olib qochdi.
Men har xil savollarga javob berar,
o'zimning bu muvaffaqiyatimdan
quvonar edim. Bir payt haligi qiz turdi-da,
Cho'lponning "Go'zal" she'ri haqida savol
berdi. Men esa nima deb javob berishni bilmas edim. Savol javobini bilardim,
lekin shu paytda hech narsa tilimga
kelmas edi. Bir-ikki soz' gapirdim-da,
javobni keyinga surdim. Konferensiya
tugadi. Men esa haligi qizni qidirardim.
Afsus u ketib bo'lgan edi.

Ertasi kuni o'qishga keldim. Domlalar,
talabalar, kechagi konferensiyadagi
chiqishimni qutladilar. 2-paradan keyin
kutubxonaga kirdim. Oldidagi partalardan
biriga o'tirdim. Ne ko'z bilan ko'rayki,
kechagi qiz ham kutubxonada, mendan 2 ta stul narida o'tirardi. Nima deb gap
boshlashni bilmay rosa qiynaldim. Haligi
qiz orqasiga bir o'girildi-da, o'zi gap
boshladi. "Vo, xudo!" deb yubordim
ichimda.

- Salom. Kechagi ma'ruzangiz menga juda
yoqdi.
- Rahmat!
- Men ham Cho'lpon ijodiga juda
qiziqaman.
- Juda yaxshi-da... - Menga yordam berolmaysizmi?
- Albatta...

U mendan bir necha savollarini so'radi.
Men esa javob beryapman-u, yuragim
o'ynardi. Ba'zi savollariga javobini
bilsam-da, ataylab, ertaga bilib kelib
aytaman, dedim. hayrlashdik. Uyga borib,
nima ishni qilmay uning qo'ng'iroqdek ovozi doim menga tinchlik bermasdi:
"Menga yordam berolmaysizmi?"

Ertasi kuni yana kutubxonada ko'rishdik.
Savollariga javob berdim. Bugun o'zimda
kuch topib uning ismini so'radim.
Judayam chiroyli ism ekan: Mahfuza.
Yana yordam kerak bo'lsa menga
murojaat etishini aytdim.

Biz endi tez-tez ko'rishib turardik. U ham
menga o'z yaqinidek munosabatda
bo'lardi. Noyabr oyida meni chet-elga
konferensiyaga jo'natishdi. Ikki hafta
Mahfuza bilan ko'rishmadim. Chet-
eldaligimning ikkinchi haftasi pochtamni xabat olsam, undan maktub kelgan edi. U
meni sog'inganini yozgan edi. "Sizni
sog'indim" deya aytilgan bu beg'ubor so'z
meni qanchalik xursand qilganini
bilsangiz edi. Tezroq uyga, yana
Toshkentga ketgim kelib qoldi. Bu yerdagi magazinlarni aylanib Mahfuza
uchun ajoyib sovg'a ham oldim.

Yana o'qishga qaytdim. Birinchi kuni
Mahfuzani ko'raman, deb rosa umid
qildim. U kelmagan ekan. Men buni uning
kursdoshlaridan so'rab bildim. darvoqe, u
birinchi kursda o'qirdi. U ertasi kuni ham
kelmadi. Va nihoyat shu kuni uning uyiga birinchi marta telefon qildim. Yaxshi o'zi
ko'tardi. Uning ovozidan ozgina mazasi
yo'qligi sezilib turardi. Shunday bo'lsa-da,
bildirmaslikka harakat qildi. Yaxshi
keldingizmi, deb hol so'radi. Suhbat
oxirida esa, "meni duo qiling" dedi.

Ikki kundan keyin Mahfuzani o'qishda
ko'rdim. Bugun sovg'ani tashlab
kelganimga afsus qildim. U bilan
gaplasharkanman, uning "sizning
duolaringiz bilan sog'ayib ketdim" degan
samimiy so'zlari og'ushida mast bo'lgan edim. Uning dugonalaridan tug'ilgan kuni
qachonligini bildim. Darvoqe, bir
haftadan keyin ekan, sovg'ani shu kunga
asrab qo'ydim.

Tug'ilgan kunidan oldingi kecha hamma
tuyg'ularimni qog'ozga joylab, haligi
sovg'a bilan birga bezatdim. Ertasi kuni
o'qishda uning har kungidan ham ochilib,
go'zal bo'lib kelganini ko'rdim. Avvaliga
nima deyishni ham bilmas edim. Qo'limdagi sovg'ani unga
tutkazarkanman, "tug'ilgan kuningiz
muborak bo'lsin!" deyishni ham
unutibman..

Biz endi qishki amaliyotga chiqdik.
O'qishga bormas edim. 2 haftalardan
so'ng, pochtamni ochsam, Mahfuzadan
xabar kelgan edi. U o'zining dil so'zlarini
she'r bilan bayon qilib, buni o'qing
qanday chiqibdi, qabilida maktub yozgan edi. Qalbdan yozilgan bu she'rning menga
atalganligini sezib turardim..

Kunlar o'taverdi. Bahor ham keldi. Bir
kuni Mahfuza siz bilan gaplashib oladigan
muhim gapim bor dedi. Gaplashdik. Uning
aytishicha, bir joydan ularning
xonadoniga hadeb sovchilar kelayotgan
ekan. Men uyga borib, onam bilan shu masalada gaplashdim. Oyimlarning "ular
bizga qiz berisharmikin?" degan
gumonlariga qaramay, ularni ko'ndirdim

Ertasi kuni uyga kelsam, onam yig'lab
o'tirardilar. Sababini so'raganimda,
sovchilikka borganlarini, lekin ularning
alamli so'zlari, "ko'rpanga qarab oyoq
uzat, biz ko'chada qolganimiz yo'q" deya
aytgan kinoyalari onamni juda hafa qilgan ekan. Onamni qancha yupatsam
ham ko'zlaridan yoshlari uzilmas edi.
"Kambag'al deb xo'rlayverarkan-da",
"o'qiyuvchi odam emasmi?" deb
xo'rliklari kelardi. Buni ko'rib mening
ham ko'zimdan yoshlar oqdi.

Bir hafta o'qishga bormadim. Pochtani
ham xabar olmadim. Dekanimiz aytdirib
yuborgani uchun dushanba kuni o'qishga
bordim. Mahfuzani ko'rdim-u, indamay
o'tib ketdim. Darsxonaga kirdim.
Orqamda Mahfuza ham kirayotgandi. Men indamay chiqib ketdim. Mahfuza
orqamdan "Fattoh aka" degancha
qolaverdi. Bufetga kirdim. Achchiq kofe
buyurtma berdim-da, yana achchiq
xayollar og'ushiga g'arq bo'ldim.
Boshimni stol ustiga qo'ygancha, taqdirning bu ayanchli voqealarini
xayoldan o'tkazardim. Bechora qiz bu
yerga ham kelibdi, yonimga o'tiribdi,
bilmabman ham. Uning yig'i ovozidan
o'zimga keldim. U menga qarar, biron
so'z demas, tinmay yig'lar edi. Endi men uni yupatishga tushdim. Tashqariga olib
chiqib, skameykada o'tirdik. U menga
qarab, xuddi hech narsa bo'lmaganday,
"meni turmushga uzatishyapti", - dedi.
Men esa "Baxtli bo'l" deya oldim xolos. U:
- Siz-chi, siz meni baxtli qilolmaysizmi? - Seni ana o'sha boyvuchchalaring baxtli
qiladi. Sendaylar mendaka yalangoyoqlar
ko'rpangga qarab oyoq uzat deb
ostonangdan itni haydagandek
haydaysanlar. Senldakalar hamma narsa
mol-dunyo bilan o'lchaysanlar. Biz esa yerdan chiqqanmiz. Bitta aybimiz bor -
ozgina kambag'almiz... Senlar esa..

Umrimda birinchi marta unga qattiq
gaplarni o'zim bilmagan holda jahl bilan
aytib yuborgan edim. Aslida qizda ayb
yo'q edi. Keyinchalik bu ishim uchun juda
afsus chekkandim. Uning alam bilan
to'kayotgan yoshlari hali hamon ko'zim oldidan ketmaydi. Shundan keyin men
Mahfuzani ko'rmadim, qiziqmadim ham.
Bir kuni uning dugonalari menga bir
maktub olib kelishdi. Unda quyidagilar
yozilgan edi:

Fattoh aka!
Meni kechiring, aslida onangizni
behurmat qilishganini men bilmagan
edim. Iltimos, uydagilarimning ham
gunohini kechiring.
Taqdirimiz shunaqa ekan. Meni ota-onam o'zlari istagan xonadonga uzatishmoqda.
Men qiz bolaman, ularga qarshi bir nima
deya olmayman.
Meni kechiring, sizni o'sha birinchi
ko'rganimdayoq sevib qolgan edim,
haliham qalbim ardog'idasiz. Men sizni umrim boricha sevishga
tayyorman, birgina tilagim, men haqimda
nima deb o'ylasangiz ham, oxirgi marta
to'yimga keling.
Sizni sevib qoluvchi, singlingiz Mahfuza!

Buning uning to'yi. Garchi istamasam
ham dugonalarining qistovi bilan to'yga
bordim. Shahrimizning eng muhtasham
restoranlaridan biri. Restoranga barcha
kazo-kazolar tashrif buyurgan, to'y
to'g'rida esa men sevgan qiz begona yigit bilan.... Bir chekkadan bizga ham joy
tegdi. Asta-sekin barcha katta-katta
xonandalar o'z qo'shiqlarini ayta
boshlashdi. Bu orada dugonalari
shipshitishdi, shekilli, Mahfuza bir-ikki
biz tomonga qarab qo'ydi. Qo'shiq navbati Anvar Sanayevga berildi:

Go'zalim, bugun sening to'ying kechasi,
Baxtim, bekasi, ko'nglim erkasi.
Go'zalim, xavas qilar qizlar nechasi,
Baxtim, bekasi, ko'nglim erkasi.

Bugun sening sevgan yoring og'ushiga
oladi,
Bu kun menga motam bo'lib bir umrga
qoladi.
Egningdagi oppoq libos umidlarim
so'ndirar, Aytolmagan sevgim alam qilib o'ldirar.

To'yxonadagi eng go'zal malak yig'lar
edi. Ko'zlaridan duv-duv yosh to'kilardi.
Goh-goh zimdan menga ko'z tashlab,
yana yig'ida davom etardi. Anvar
Sanayev esa yonayotgan qalbga yana
otash solardi:

Jonim, ko'zingdagi yosh meni hech tinch
qo'ymaydi,
Sen o'zga yorga yo'ldosh, qalbim yig'lab
to'ymaydi.
Sevgan yorim deganim, yor bo'lmadi,
naylayin, Jondan aziz bilganim, yor bo'lmadi,
naylayin,

Sevgan yorim yig'lama,
Shirin jonim, yig'lama,
Yurak bag'rim tig'lama,
Men senga begonaman..

Men o'rnimdan turdim. Kelin-kuyov
o'tirgan o'tirgan stol tomon yurib, asta
burildim-da, Anvar Sanayevga
cho'ntagimdagi bor butimni qistirdim-da,
asta to'yxonani tark etdim... Mahfuzaning
so'nggi nigohlari mening nigonlarim bilan to'qnashdi:
Sevgan yorim yig'lama,
Shirin jonim, yig'lama,
Yurak bag'rim tig'lama,
Men senga begonaman..

Shu kecha umuman uxlamadim.
Onamning barcha tasallilari osmonga
uchdi, xuddi mening oydin orzularimdek.
Men yig'lar edim, yum-yum yig'lardim... Yuzlaring go'zalmu, so'zlaring go'zalmu?
Seni ko'rib, sevib-sevib bo'zladim,
Sevimli dildorim, qalbdagi ozorim,
Seni o'ylab kecha-kunduz yig'ladim. Men zor yig'ladim, sen zor yig'lading,
Seni begonaga berib yig'ladim
Men zor yig'ladim, sen zor yig'lading,
Taqdirimdan kuyib-kuyib yig'ladim..
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Sevgi ♥ dunyosi | Просмотров: 1247 | Добавил: ๑۩۞۩MUХAMMADYUNUS۩۞۩๑
Всего комментариев: 2
2 -=ALISA=-  
a4inarli. Nasib qmaganakande taqdirmasakan

1 PrInCeSs_of_UrGeNcH  
Ajoyib qoil weep

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2011  »
DuSeChoPaJuShaYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Архив записей
Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2024