Chorshanba, 17.04.2024, 03:20
[HUSH KELIBSIZ!!!]
Приветствую Вас •°Mexmon°• | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Sheriyat olami [88]
Qiziqarli [44]
Kino olami [4]
Sport yangiliklari [18]
Foto prikol [1]
Yulduzlar xaqida [6]
mp3 Ko'cHiRisH [16]
Shou-biznes [41]
Qo'shiq matni [4]
Foydali maslahat [11]
Mashinalar haqida [6]
Xadis va xikoyalar [20]
Скрипты для ucoz [4]
Dunyo habarlari [23]
Kompyuterlar uchun [0]
Sevgi ♥ dunyosi [55]
Har ( xil ) [27]
Fikr mulohaza [19]
Islom olami [13]
Foto suratlar [3]
Video kliplar [14]
Наш опрос
ॐSAYTKA BAXO BERINGॐ
1. ॐ♥JUDA ZOR♥ॐ
2. ॐ♥YAXSHI♥ॐ
3. ॐ♥O'RTACHA♥ॐ
4. ॐ♥YOMON♥ॐ
5. ॐ♥JUDA YOMON♥ॐ
HAMMA JAVOB: 12800013
Мини-чат
Статистика

HOZIR SAYTDA: 1
MEXMON: 1
FOYDALANUVCHI: 0

03:02
Ozodbek Nazarbekov


Ozodbek Nazarbekov Axmadovich 1974 yil 7 mayda Andijon viloyati, Shahrixon tumani da tug`ilgan.

1994 yildan buyon qo`shiqchilik san`ati bo`yicha
o`z ijodiy faoliyatini boshlagan.

2002 yildan buyon "O`zbeknavo” estrada
birlashmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat
yuritadi.

Ozodbek Nazarbekov 1994 yildan Respublika
miqyosidagi davlat tadbirlarida: O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, Navro`z umumxalq
bayrami va Mustaqillik bayramlarida faol ishtirok
etib kelmoqda.

Respublikamizning barcha viloyatlarida o`zining
yakkaxon konsert dasturlarini namoyish etgan.

2003 yil 22 iyunda Turkiston saroyida "Oydin
kechalar” deb nomlangan yakkaxon konsertini,
2005 yil 15-16 aprelda esa, Xalqlar do`stligi
saroyida "Yuragimdan kuylaganim sen” deb
nomlangan konsertini, 2006 yil 12-13-14-15 aprel
kunlari "Sening darding...” deb nomlangan konsertini o`z muxlislariga taqdim etgan.

1994 yildan buyon honandaning 7 ta audio, video
kasseta va disk to`plamlari yozilib, sotuvga
chiqarilgan.

Respublika, viloyat, tuman va shahar televideniya
tarmoqlarida xonandaning "Kel, ey yorim" (1994
y), "Toshkentim go`zallari" (1997 y),
"Barno" (1997 y), "Kechalar" (1998 y), "Chandiq
Qiz" (2002 y), "Chang ko`chalar" (2002 y),
"Bevafo" (2003 y), "Jonim manim" (2005 y), "Kuyib qolganman" (2006 y), "Vatan" (2006 y),
"Yomg`ir" (2006 y) kabi o`nlab qo`shiqlari va
musiqiy kliplari muntazam namoyish etib
kelinmoqda.

Hozirda xonandaning qo`shiqlari aytilmagan
bayram, to`y, radio to`lqinlari topilmasa kerak.
Ayniqsa, oxirgi yillarda "Kutaman", "Anjancha",
"Nayda bor", "Bevafo", "Ona" qo`shiqlari yoshu-
qari tinglaydigan qo`shiqqa aylandi.

Ozodbek Nazarbekov 2008 yilda muxlislar e`tiboriga havola qilingan qo`shiqlar orasida ham
uzoq vaqt tinglab yuriladigan qo`shiqlar mavjud.
Xonandaning ham asl maqsadi bir oz eshitilib esdan
chiqariladigan emas, balki har vaqt ham eshitish
zavq bag`ishlaydigan qo`shiqlar yaratish.

Ozodbek Nazarbekov O`zbekiston Davlat San`at
oliygohini tamomlagan. Ozodbek Nazarbekov 2007 yil Oliy mukofotlardan biri "O`zbekistonda xizmat
ko`rsatgan artist" unvonini bilan taqdirlangan.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Yulduzlar xaqida | Просмотров: 2376 | Добавил: Yunus_91
Всего комментариев: 1
1 -=ALISA=-  
malumot u4un raxmat. Omad

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2011  »
DuSeChoPaJuShaYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2024