Jum'a, 29.03.2024, 14:41
[HUSH KELIBSIZ!!!]
Приветствую Вас •°Mexmon°• | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Sheriyat olami [88]
Qiziqarli [44]
Kino olami [4]
Sport yangiliklari [18]
Foto prikol [1]
Yulduzlar xaqida [6]
mp3 Ko'cHiRisH [16]
Shou-biznes [41]
Qo'shiq matni [4]
Foydali maslahat [11]
Mashinalar haqida [6]
Xadis va xikoyalar [20]
Скрипты для ucoz [4]
Dunyo habarlari [23]
Kompyuterlar uchun [0]
Sevgi ♥ dunyosi [55]
Har ( xil ) [27]
Fikr mulohaza [19]
Islom olami [13]
Foto suratlar [3]
Video kliplar [14]
Наш опрос
ॐSAYTKA BAXO BERINGॐ
1. ॐ♥JUDA ZOR♥ॐ
2. ॐ♥YAXSHI♥ॐ
3. ॐ♥O'RTACHA♥ॐ
4. ॐ♥YOMON♥ॐ
5. ॐ♥JUDA YOMON♥ॐ
HAMMA JAVOB: 12800013
Мини-чат
Статистика

HOZIR SAYTDA: 1
MEXMON: 1
FOYDALANUVCHI: 0

22:06
Men ham qizingiz edim dadajon.... yohud " Sirli Sirdosh "


on.... yohud " Sirli Sirdo
"...Agar baxt faqat yemak-ichmakda bo’lganda, yetimxonadagi bolalar eng baxtiyor sanalardilar. Ammo ular ustilari but, qorinlari to’q bo’lsa-da, yig’laydilar. Xo’sh, nega yig’laydilar? Bundan chiqdi, ota-ona bilan yashash katta imtiyoz ekan-da! Otaning tizzasida yoki biqinida suyanib yayramoq, hidini tuymoq, ostonada yo’llarini poylab o’tirmoq ham bir boylik ekan! "Dada-a!” deb chaqirsang, senga burilib qarayotgan otang emas BAXT ekan!”

Bugun mening to’yim. Atrofimdagilarning aytishicha, ko’rgan odamning ko´zi kiradigan darajada go’zal kelinchak bo’libman. Bu ta’rif shunchaki yo’liga, xushomad yoki ko’nglim uchun aytilmayotganini bilaman.

Ammo... eh, odamlar, bilsangiz, dunyodagi eng ko’rimsiz kelinchak bo’lishga ham rozi edim, faqat shunday kunimda dadam bir borgina yonimda bo’lsalar bo’ldi edi. Dada, dadajon! Qayerdasiz? Kelmaysizmi, bir paytlar siz " qizim, qizalog´im ” deb erkalab suyadigan qizingiz bugun oq libos kiyib, kelin bo’ldi. O’n ikki yildan beri yo’lingizga termulaverib tolmagan umidvor nigohlarimdagi ishonchni oqlamaysizmi kelib? Bilaman, alla qachon bilganman, sizning endi boshqa oilangiz bor, menga o’xshagan qizingiz, ukamga o’xshagan boshqa o’g’ilingiz... Faqat ularning bizga o’xshab ko’ngli yarim, o’ksik emas. Ularning dadasi ko’zlari to’rt bo’lib kutayotgan farzandlarini unutib qo’ygan, bag’ritosh ota emas. Ular dadalari har kech ishdan sovg’a-salomalar bilan to’lib-toshib uylariga qaytishi bilishadi. Biz esa... qaytmasligingiz qaytishingizdan ko’ra ko’proq ayon bo’lsa-da kutamiz, kutaveramiz. Xuddi hozirgidek... Mana, hamma kuyovning kelishini kutayapti, men esa... sizni! Ana, hamma qiy chuv qilib qoldi: "Kuyov keldi, kuyov keldi!”
Dadajon! Qizingizni olib ketishga kelishdi. Siz... Kelmaysizmi?
"Kelmaydi, bekorga umidvor bo’lma”. O’n ikki yildan beri o’tgan kuni ilk marta oyimdan bu gapni eshitdim. Ular buni shu qadar qat’iy ishonch bilan aytdilarki, butun vujudim muzlab ketganday bo’ldi. Shunga qaramay, qarorimdan qaytmadim. "Dadamga to’yim xabarani o’zim yetkazaman, ular albatta, keladilar”.

O’n ikki yildan keyingi uchrashuvga tayyorlanish menga oson bo’lmadi, ko’zlarimga uyqu kelmay, bu uchrashuvni xayolimda necha martalab o’tkazmadim deysiz.
Afsus, bari befoyda bo’ldi. Siz rostdan ham uyingizda yo’qmidingiz, o’zimga o’xshab ketdigan anavi qiz yolg’on gapirdimi? Bilmadim. Soddaman-da, "Ularda nima ishingiz bor?” deb so’raganda, qo’limdagi taklifnomani darrov tutqaza qolmasdan, boshqa bir bahona o’ylab topsam bo’larkan. O’zimda emasdim. Sizdan boshqa odam eshikni ochishi mumkinligi xayolimga kelmagandi. Axir bizning uyimizda kechasi eshikni faqat o’zingiz ochardingiz-u, na oyimga, na menga ruxsat bermasdingiz. Ha, butun boshli oila buzilib, taqdirlar o’zgarib ketganida, odatlar, qoidalar almashishi nima bo’pti deysizda. Qizingiz qo’limdagi taklifnomani olarkan, undagi "Aziz dadajonimga” degan yozuvni o’qib, ko’zlari o´zgarganini ko’rdim va... uning hech qachon qo’lingizga yetib bormasligini sezgandim. Oh, bunchalar xudbinlik. Undan dadasini (dadamni) bir umrga tortib olayotganim yo’q edi-ku. Bir kun, atigi bir kungina sizni menga ravo ko’rishmadiya... Dadajon!

Ertaga mana shu qizingizni uzatib, ko’zingizga yosh olib unga oq fotiha berayotganingizda bularning baridan mahrum etganingiz - ko’nglini yarim qilib ketgan biz mehringizga zorlarni ham bir borgina eslaysizmi?.. Xayolan bo’lsa-da, peshanamdan o’pib baxt tilaysizmikan?..
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Xadis va xikoyalar | Просмотров: 1371 | Добавил: √˙·•$นÞer•ßσע•·˙√ | Теги: hikoya
Всего комментариев: 3
3 Diyora1111  
xm tori. Raxmat

2 ˚۵ॐLaYLiॐ۵˚  
voyu bugun yegleydigan kun wekili weep
tog'ri etas onamizni ham weep

1 PrInCeSs_of_UrGeNcH  
hamma qizlarga otasining fotixasini olish nasib etsin weep

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2024