Jum'a, 29.03.2024, 16:53
[HUSH KELIBSIZ!!!]
Приветствую Вас •°Mexmon°• | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Sheriyat olami [88]
Qiziqarli [44]
Kino olami [4]
Sport yangiliklari [18]
Foto prikol [1]
Yulduzlar xaqida [6]
mp3 Ko'cHiRisH [16]
Shou-biznes [41]
Qo'shiq matni [4]
Foydali maslahat [11]
Mashinalar haqida [6]
Xadis va xikoyalar [20]
Скрипты для ucoz [4]
Dunyo habarlari [23]
Kompyuterlar uchun [0]
Sevgi ♥ dunyosi [55]
Har ( xil ) [27]
Fikr mulohaza [19]
Islom olami [13]
Foto suratlar [3]
Video kliplar [14]
Наш опрос
ॐSAYTKA BAXO BERINGॐ
1. ॐ♥JUDA ZOR♥ॐ
2. ॐ♥YAXSHI♥ॐ
3. ॐ♥O'RTACHA♥ॐ
4. ॐ♥YOMON♥ॐ
5. ॐ♥JUDA YOMON♥ॐ
HAMMA JAVOB: 12800013
Мини-чат
Статистика

HOZIR SAYTDA: 1
MEXMON: 1
FOYDALANUVCHI: 0

17:51
Kompyuter virusiga 40 yil to‘ldi

Dunyodagi birinchi kompyuter virusi – Creeper
dasturi yaratilganiga 40 yil to‘ldi. U AQSh
mudofaa vazirligi agentligi tarmog‘i –
ARPANET3ga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya
xodimi tomonidan 1971 yilda yaratilgan edi.

Amaliy jihatdan Creeper aslida hech qanday
kompyuter virusi emas. Uning muallifi –
muhandis Bob Tomas shunchaki kompyuterlar
bo‘ylab harakatlana oluvchi dastur yaratgan,
xolos. Keyinchalik yaratilgan kompyuter
viruslari va chuvalchanglaridan farqli o‘laroq, Creeper yangi kompyuterga o‘tgach, avvalgi
tizimdan o‘z nusxasini o‘chirib ketavergan. Creeper TENEX amaliyot tizimiga asoslangan
DEC PDP-10 kompyuterlarida "yashay” olgan.
Bu ulkan kompyuterlar o‘sha paytlarda turli
ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining hisoblash
markazlarida qo‘llanilgan. "Kompyuter virusi” atamasi ancha keyin paydo
bo‘ldi. 1983 yili kaliforniyalik talaba Fred Koen
kompyuter xavfsizligi mashg‘ulotlarida o‘z-
o‘zidan ko‘payuvchi va tarmoqlarga tarqab
ketuvchi dastur yozish ustida ish olib bordi.
Koenning dasturi ham hech qanday xavf tug‘dirmagan, chunki bu asosan sinov
maqsadlarida bo‘lib, nazorat ostida edi. Shu-shu Fred Koen "kompyuter virusi” atamasi
muallifi sifatida e'tirof etiladigan bo‘ldi, ba'zi
ma'lumotlarga qaraganda, virus atamasini
uning ustozi, kompyuter bilimdoni Leonard
Edlman qo‘llagan ekan. Nima bo‘lganda ham 1983 yilda Koen bu
dasturlarga bergan ta'rif dolzarblik kasb etsa-
etyaptiki, o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q. Oddiy foydalanuvchilar uchun yo‘naltirilgan
dastlabki viruslardan biri Elk Cloner dasturidir.
Aytish kerakki, disketlar orqali tarqaluvchi bu
virus deyarli beziyon edi: faqat kompyuter har
elliginchi marotaba o‘chirib-yoqilganida
ekranda kichik bir she'r parchasi paydo bo‘lgan. Hozirga kelib, internet viruslar tarqalishining
asosiy vositasi hisoblanadi. Bunday keng
ko‘lamli kiberhujumlar oqimining dastlabkisi
2000 yilgi ILOVEYOU virusi epidemiyasidir.
Elektron pochta orqali tarqaluvchi bu virusda
foydalanuvchilarni tuzoqqa tushirish uchun ijtimoiy muhandislik usullari qo‘llanilgan.
Xatdagi balandparvoz sarlavhani o‘qiganlar
shoshilinch ravishda uni o‘qishga urinishlari
oqibatida zararli dastur ishga tushib
ketavergan. Darvoqe, o‘sha Fred Koen 1987 yili barcha
ehtimoliy viruslarni 100 foiz topish va fosh
etish borasida algoritm yaratib bo‘lmasligini
ham isbotlab berdi.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Shou-biznes | Просмотров: 1270 | Добавил: ๑۩۞۩MUХAMMADYUNUS۩۞۩๑
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2011  »
DuSeChoPaJuShaYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Архив записей
Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2024