Jum'a, 26.04.2024, 18:24
[HUSH KELIBSIZ!!!]
Приветствую Вас •°Mexmon°• | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Sheriyat olami [88]
Qiziqarli [44]
Kino olami [4]
Sport yangiliklari [18]
Foto prikol [1]
Yulduzlar xaqida [6]
mp3 Ko'cHiRisH [16]
Shou-biznes [41]
Qo'shiq matni [4]
Foydali maslahat [11]
Mashinalar haqida [6]
Xadis va xikoyalar [20]
Скрипты для ucoz [4]
Dunyo habarlari [23]
Kompyuterlar uchun [0]
Sevgi ♥ dunyosi [55]
Har ( xil ) [27]
Fikr mulohaza [19]
Islom olami [13]
Foto suratlar [3]
Video kliplar [14]
Наш опрос
ॐSAYTKA BAXO BERINGॐ
1. ॐ♥JUDA ZOR♥ॐ
2. ॐ♥YAXSHI♥ॐ
3. ॐ♥O'RTACHA♥ॐ
4. ॐ♥YOMON♥ॐ
5. ॐ♥JUDA YOMON♥ॐ
HAMMA JAVOB: 12800013
Мини-чат
Статистика

HOZIR SAYTDA: 2
MEXMON: 2
FOYDALANUVCHI: 0

01:16
♥Biz Baribir Birga Bo'lamiz♥


Kimga erta va yo kech kimga.
Hayot yo'ling chirog'in yorit,
Armon bo'lib qolmasin damlar.
Yaxshilarning g'amini arit,
Eslab yursin seni odamlar...
Bu ikki insonning taqdirida juda ko'p o'xshashliklar sodir bo'ldi. Taqdiridagi
o'xshashliklar natijasida
uchrashdilar,tanishdilar...Sevishdilar va nihoyat
turmush qurdilar.Buni qarangki,ularning oilasi ham
bir-biriga o'xshash edi.Qizning otasi-
shifokor,onasi-o'qituvchi,Yigitning esa onasi- shifokor,otasi-o'qituvchi edi.
Ular bu narsalarga ko'p e'tibor ham berishmagan.
Shunchaki bir tasodif deb qabul qilardilar
bularni.Ular bir-birlarini qattiq sevardilar va
umrining oxirigacha bir-biriga suyanchig' bo'lishga
qasam ichgandilar... * * *
-oila a'zolaringizdan birortasida bu kasallik bilan
og'riganlar bormi?
-Ha lekin u juda uzoq qarindosh bizga.Doktor
tekshiruvlarim rostdan shuni ko'rsatyaptimi?Balki
adashayotgandirsiz? -Agar bizga ishonmasangiz,boshqa kasalxonada
tekshiruvdan o'tishingiz mumkin.
-Ho'p,rahmat,sizga doktor...
* * *
Oradan bir yil o'tgach oila endi 3ta insondan tashkil
topdi.O'G'IL...Ismini ota-ona shirin orzu-umidlar bilan Umidjon qo'ydilar...Ko'zlarida umid uchqunlari
porlab turadigan jajjigina chaqaloq.Ular endi ota-
ona nomini olgandilar.Oila juda baxtiyor edi...
-O'simta miyyangizda rivojlanyapti.Zarnigor opa
zudlik bilan davolanishingiz kerak.
-Yo'q Yaratgan Egam qancha umr bergan bo'lsa shuncha yashayman.Mana yashayapmanku,bir yil
yashadim axir bu oz vaqtmi?Uning mo'jizalari
kutilmaganda keladi.
-Ammo siz mo'jizani kutganingiz bilan...
-Yo'q,Raxmat sizlarga kattakon,endi men boray...
* * * Bu ahvolda ortiqcha yuk bo'lishni istamaydi
eriga.Ajrashishni o'yladi.Bu esa oson ish emas edi
albatta.Ayniqsa buni aytish qanchalik azob
unga.Va nihoyat kechki ovqat mahali
keldi.Chaqaloq shirin uyquda.Zarnigor Murodjon
(turmush o'rtog'i)ni kutmoqda.Eshik qo'ng'irog'i chalindi...Murodjon hech nimadan bexabar
o'g'lining diydoriga,rafiqasining muloyim
qarashlariyu,shirin suhbatlariga intiq bo'lib keldi:
-Nima ovqat qildingiz?
-Palov. Javobini qisqagina qildi Zarnigor.U ajralishni
xayoliga,tasavvuriga sig'dirolmayotgan edi. -Bilasizmi,Murod aka, m...m...men ajralishsak
degandim.
-Nega?
Ovqatni qayeriga yeyotganini ham bilmasdi
Murodjon.Ovqat yeyaptimi o'zi yo zaharmi
farqlolmadi hatto.Lekin shunday bo'lsa ham Zarnigorga hech nimani bildirmadi.Har doimgi
holatida oddiygina qilib so'radi.Zarnigor esa turgan
gapki buni kutmagan edi.
-...Bilasizmi...
-Mayli men roziman.Agar o'sha inson mendan
yaxshiroq bo'lsa,mayli men roziman.Sizni yaxshi bilaman odam tanlashda adshmaysiz.Ha,men buni
bilaman...
* * *
Ha,u xotinini boshqasini sevib qoldi deb
o'ylayapti.Zarnigor ham erining xulosasini darhol
tushundi va jimlik,sukutni o'ziga to'g'ri deb bildi. Murodjon ich-etini yeb tugatganini hech kimga
sezdirmadi ham xatto. Hammasini ichiga yutdi. Ich-
ichida zil ketdi.Tun yarimlab, hamma uyquga
ketganida Umidjonini bag'riga bosib,uni shiringina
yuzlaridan,qo'llaridan o'pdi.Unga to'yib-to'yib
qaradi.Chunki biladi Zarnigor Umidjonini ham o'zi bilan olib ketadi,Murodjn esa Zarnigor bilan
g'ijillashishni umuman xohlamaydi,chunki uni
qattiq sevadi.
Tong otdi.Murodjon uxlab qolgan edi.Zarnigor uni
uyg'otmadi,aksincha o'g'lini olib sekingina bu
hovlidan chiqib ketdi.Ikki tomonning ham ota- onasi hech narsaga tushunishmadi.Sud kuni
belgilandi va o'sha kun yetib keldi.Ikkisi ham ming
azobda,yo'lovchi taksilarda sud tomon yo'l
oldilar.To'satdan o'rtada yuk mashinasi paydo
bo'ldi.Ikki tomondan kelayotgan ikki mashina...
Kasalxona... -Tirikmi? -Qizim...
-O'g'lim...
-Yashaydimi doktor gapirsangizchi...
-Umid bormi?
* * *
Afsus...Ming afsus...Shu payt chaqaloq chirillab yig'lay boshladi.To'xtamadi.Buvisining qo'lida bir
zumda yig'lab ko'karib ketdi.U ham jon
berdi.Yo'q...Ishonish qiyin.Bitta oila,Baxtiyor
yashayotgan oila,bir kunda bir-birlarisiz yashay
olmasliklarini hammaga isbotlab bu dunyoni tark
etdilar.Ular endi yana birga!!! Ularni Xudo ham ajratishni xohlamadi.Ular
ajralishmadi...Ajralisholmadi...Endi o'sha abdiy
dunyoda bir umrga ajralmay,hayotlarini faqatgina
baxtdan iborat qilib yashaydilar!!!
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Sevgi ♥ dunyosi | Просмотров: 928 | Добавил: ๑۩۞۩MUХAMMADYUNUS۩۞۩๑
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2024