Jum'a, 26.04.2024, 04:21
[HUSH KELIBSIZ!!!]
Приветствую Вас •°Mexmon°• | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Sheriyat olami [88]
Qiziqarli [44]
Kino olami [4]
Sport yangiliklari [18]
Foto prikol [1]
Yulduzlar xaqida [6]
mp3 Ko'cHiRisH [16]
Shou-biznes [41]
Qo'shiq matni [4]
Foydali maslahat [11]
Mashinalar haqida [6]
Xadis va xikoyalar [20]
Скрипты для ucoz [4]
Dunyo habarlari [23]
Kompyuterlar uchun [0]
Sevgi ♥ dunyosi [55]
Har ( xil ) [27]
Fikr mulohaza [19]
Islom olami [13]
Foto suratlar [3]
Video kliplar [14]
Наш опрос
ॐSAYTKA BAXO BERINGॐ
1. ॐ♥JUDA ZOR♥ॐ
2. ॐ♥YAXSHI♥ॐ
3. ॐ♥O'RTACHA♥ॐ
4. ॐ♥YOMON♥ॐ
5. ॐ♥JUDA YOMON♥ॐ
HAMMA JAVOB: 12800013
Мини-чат
Статистика

HOZIR SAYTDA: 1
MEXMON: 1
FOYDALANUVCHI: 0

11:33
Bilasanmi seni topaman deb o'ylayman!!

Bilasanmi, seni topaman deb o`ylaganman, ba'zi payt topdim deb
ham o`ylagandim. Qarasam sen emas ekansan. Seni ko`rinishingni
ham bilmayman, lekin izlayverayapman. Balki sen ham meni
izlayotgandirsan, lekin bu haqida menga aytmagansan. Nega sen
boshqalarda aks etayapsan? Nega tinchgina oldimga
kelmayapsan? Yoki qo`rqayapsanmi?

Uyalma, yeb qo`ymayman. Shunchaki seni sog`indim. Bugun, hozir, shu kech. Balki seni
ko`rganimdan keyin sog`inmay qolarman, sen shundan qo`rqayapsanmi? O`zimda-o`zim seni ushlab qolish uchun kuch topa olaman. Sezdingmi
ohirgi payt ko`p ikkilanadigan bo`lib qoldim. Balki so`zini ko`p ishlatayapman. Sen
menga bir og`iz gap ham gapirmagansan, ko`zlaringni umuman ko`rmaganman.

Esingdami uyda yo`q payting, o`glimni eplay olmagandim. O`shanda "Men bir kungina
uyda bo`lmadim, bir oy bo`lmasam nima qilardingiz" deganding. Hali kelmagan vaqtni
esingdami deyishimni qara. Ha, meni kelajakni eslashga haddim sig`di. Men huddi sen
bilan butun boshli hayotni yashab bo`lgandekman. Lekin sen negadir yo`qsan. Seni
ko`rmaganman ham. Esingdami yana, "Nima bo`ldi" deyaverarding. Men esa "Hech nima"
deb javob qaytarardim, aslida esa hech nima emas, nimadir bo`lardi, ichim yonib ketardi, birgina nigohing uni o`chirardiku va battar yondirib yuborardi. Lekin senga bu haqida
aytmagan ekanman. Qiziq nega aytmagan ekanman. Sezayapsanmi vaqt o`lchami va
oralig`i yoqolib ketdi. Men kelajak, kelgusi, bo`lg`usi holatlarni eslayapman. Yo`q, hayol
surmayapman, aynan eslayapman. Senga bu g`alatidek. Lekin menga oddiy hol. Men seni
topganman, men seni taniyman, faqat ko`rmaganman, sen negadir haligacha
uchramading mening bekatlarimda. Eng qizig`i men dunyo orqali senga bu gaplarni yetkazmoqdaman. Havo, nur, organik jismlar, vibratsiya orqali yetkazmoqchi
bo`layapman. Men aniq bilaman, sen hozir uxlayapsan, men buni sezayapman. Lekin shu
on seni uyg`onishingni istayman, shu gaplarimni eshitishing uchun uyg`on deyapman.
Xohlasang gaplarni eshitib uyquyingni davom ettiraver. Men hatto ushbu so`zlar
tushlaringga qorishib ketishiga ham roziman.

Mayli tushingda eshit meni, mayli tushingda ko`r meni. Faqat osha on, meni tushimga
kelishni ham unutma. Bundan uyalma, men shunchaki seni ko`rmoqchiman, seni yaxshi
ko`raman, lekin, seni ko`rishim ham kerak buni tushun. Agar seni ko`rmasam, seni
yaxshi ko`rishim, o`zimni yaxshi ko`rishim bo`lib chiqishi mumkin. Shunda men oddiy
hudbin odam bo`lib qolaman. Bu dunyoda 1ta ham odamni baxtli qilolmagan, Nartsis
ma'budasi kabi o`zini yaxshi ko`rib qolgan, hudbin odam bo`laman. Bilasanmi nega Nartsiss o`zini yaxshi ko`rib qolgandi? Bir kuni uni Exo ma'budasi aks-sado sevardi.
Lekin Afroditaning qarg`ishi tufayli, Exo hech narsa deyolmasdi. Bur kuni Nartsiss
o`rmonda yurib qayerga yurishni bilmabdi. Shunda:
— Ey, kim bor? debdi
— Bor! — debdi Exo
— Bu yerga kel! — baqiribdi Nartsiss — Kel! — debdi Exo

Shunda Nartsiss ovoz ketidan ketaveribdi, aylanib, aylanib bir hovuz oldiga yetib kelibdi,
hovuzdan suv ichmoqchi bo`lganida u o`z aksini ko`rib sevib qolibdi. Shu sevgi uni
so`nggi kunlarigacha azob berib kelibdi. U suvdagi aksni aks-sado deb o`ylagandi. Aks-
sado esa jim yig`lardi. Negadir men bir onga o`zimni ham aks-sado, ham Nartsiss o`rnida
ko`rayapman. Balki seni uchratgandirman, balki qo`rqoqligim bois senga kerakli
gaplarni aytolmaganim uchun sen hozir yonimda emassan. Balki hali ko`rinmagandirsan. Bilaman sen ham meni huddi mendek kutayapsan. Sen meni antipodimsan va shu
o`rinda podim ham san. Seni menga bo`lgan qarama-qarshiliging chorlamoqda. Bir hil
bo`lganimizda qiziq bo`lmasdi, men o`zimdaka ikkinchi odamni yaxshi ko`rolmasdim
baribir. Hayronman, menga qanday qilib chidar ekansan. Sen meni hayotim
bo`sag`asidasan, sen juda ham yaqin kelding. Men seni nafasingni ham sezmoqdaman.
Qotib kulishingni yaxshi ko`raman, umuman seni ruhan yeb qo`ygim keladi. Sen esa hatto birgina shirin so`z ham aytmagansan. Hatto ismimni aytib ham chaqirmaysan. Sen
o`zingni menga hudbin qilib ko`rsatging keladi. Garchi yaxshi ko`rishimni bilsang ham,
battar o`zingni shunaqa ko`rsataverasan. Uyg`on. Bu gaplar senga. Nega eshitmaganga
olayapsan? Bilasanmi hozir nimani tasavvur qildim? Sen bu so`zlarni o`qib turganingni,
dunyodagi eng xohlamagan narsam shu bo`lardi. Sen bularni o`qib meni topsang.
O`shanda o`zimni shu darajada noqulay his qilardim. Ko`zlaringga qaray olmasdim. Sen bu so`zlarni bor-butunicha havodan eshitishingni xohlayman. Nima yetkazishini
ahamiyati yo`q, qushlarmi, farishtalar, yosh bolalarmi, yoki mashina ovozi, asosiysi eshit.
Chunki shuncha gap, bo`shliqqa ketib qolishi qo`rqinchli. Bu narsa meni tanazzulga olib
keladi. Tanazzul holatimni ham huddi shunday maqolada ifoda qilganman. Unday qilma,
meni Egoimga raxming kelsin. Nima bo`lganda ham uyg`on. Sen kech qolayapsan.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Sevgi ♥ dunyosi | Просмотров: 1597 | Добавил: UZ-ANDIJON
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Avgust 2012  »
DuSeChoPaJuShaYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2024