Shanba, 27.04.2024, 02:26
[HUSH KELIBSIZ!!!]
Приветствую Вас •°Mexmon°• | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Sheriyat olami [88]
Qiziqarli [44]
Kino olami [4]
Sport yangiliklari [18]
Foto prikol [1]
Yulduzlar xaqida [6]
mp3 Ko'cHiRisH [16]
Shou-biznes [41]
Qo'shiq matni [4]
Foydali maslahat [11]
Mashinalar haqida [6]
Xadis va xikoyalar [20]
Скрипты для ucoz [4]
Dunyo habarlari [23]
Kompyuterlar uchun [0]
Sevgi ♥ dunyosi [55]
Har ( xil ) [27]
Fikr mulohaza [19]
Islom olami [13]
Foto suratlar [3]
Video kliplar [14]
Наш опрос
ॐSAYTKA BAXO BERINGॐ
1. ॐ♥JUDA ZOR♥ॐ
2. ॐ♥YAXSHI♥ॐ
3. ॐ♥O'RTACHA♥ॐ
4. ॐ♥YOMON♥ॐ
5. ॐ♥JUDA YOMON♥ॐ
HAMMA JAVOB: 12800013
Мини-чат
Статистика

HOZIR SAYTDA: 1
MEXMON: 1
FOYDALANUVCHI: 0

13:30
Ayriliqqa olib borgan G'urur!

Xozirgi yoritib beradigan voqeamiz aynan hayotiy voqea bo'lib, Bunda G'urur ustun bo'lgani uchun ayriliqqacha olib boradi . Bu voqeaning ham asosiy moxiyati shundan iborat Farida odatdagidek toqatsizlanib Azizni qo'ng'irog'ini kutyapti. Uy ichida hali u burchakka yuradi, hali bu burchakka. Har zamonda telefon ekranini yoqib, kibr ila qosh chimiradi-yu, "Hih, ko'nglimni ko'chasi, baribir qo'ng'iroq qilasanu, ammo o'chiq bo'ladi" deydi- yu, telefonining qizil tugmasini zarb bilan bosib turadi va o'chirib qo'yadi. Hovlidagi ba'zi chala ishlarini bitirib, zo'rg'a 30 daqiqani o'tkizadiyu, yugurib xonasiga kiradi. Shoshilib telefonining qizil tugmasini bosadi. Sms kelishini kutadi. "Ha, hozir keladi, hozir vam zvani +7909946....45 deb sms keladi" deya telefonidan ko'z uzmay qarab turardi. Ammo befoyda. Shu vaqt mayin kuy taralib sms keldi, shoshgancha qarasa kampaniyadan "*808# ($0.15) tering va 1MB narxi:kunduz kuni- $0.02, tunda...". Haaa megabaytim chiqib turibdi o'zi deya baqiradi u. "Bir bora qo'ng'iroq qilsa, osmon uzilib yerga tusharkanmi? Baribir qo'ng'iroq qilasizu, bugun bo'lmasa ertaga, ertaga bo'lmasa indin, indin ham bo'lmasa o'layotganimda..." deydi alam bilan. Endi esa Azizni holatini kuzatamiz. Ertalabdan buyon ish kursisida hafsalasizgina o'tiribdi. Qoshini chimirib, Faridani o'ylaydi. "Hih, tentak" deb boshini chayqaydi. "Odam degan ham shunaqa bo'ladimi? Unaqa desang bunaqa deydi, bunaqa desang unaqa. Telefon qilsang ham bir dard, qilmasang ham. Nima yoqadi o'zi u qizga?" -o'ziga o'zi gapirib, "Bilmadim" degan ishorada yelka qisadi. Asabiylashib qarshisidagi soatga qaraydi. 12:40, lekin bir marta ham eslamadi. Qo'ng'iroq qilsammikan, e yo'q o'zi qilsin. Ertalab 3 marta "Buyurmadi baxt"ni eshitdim. Buyurmadi baxtga balo bormi? Seni sevaman degan birortasini topib qo'y. Yo'o'o'q, u albatta meni asabimga tegishi kerak, yoki o'sha Shaxzodmi, balomi battarmi, shunisini unutmadimikan? 3 yildan buyon shu ahvol. Nuqul u kishimga yalinishim kerak. Ufff, bu ahvolda Aziz uzoqqa bormaydi. 30ga chiqmay tamom bo'laman, ichimdan chiriyapman o'zi. Shu vaqt eshik ochilib, hamkasbi Farxod kirib keldi, ammo u parvo ham qilmadi. -Aziz, kim bilan gaplashyapsan? -Nima? -Nimamas, kim bilan gaplashyapsan deyman. -A? -Tavba, isitmang yo'qmi? -Nima edi? -Yo, davom etuvir, biz tushlikka chiqyapmiz, chiqsang yur. -Yo, ovqat yemayman, e to'xtanglar, boraman. - deya tosatdan fikri o'zgarib qoldi va ketar chog'i telefoniga qarab gapirdi "Baribir telefon qilasan- ku, ammo men ko'tarmayman, Tuuuuut - tuuuuuut degan musiqa eshitasan hahahaha" dedi. -Nega telefonga qarab gapirding Aziz? - qiziqib so'radi Farxod. -Qoldirib ketyapmanda, bo'lmasa qo'ng'iroq qilsa qo'limda bo'lsa javob berib qo'yaman, qaytar dunyo qilyapmanda Farxod. Farxod esa "Hech nimaga tushunmadim" degandek ko'zini katta - katta ochib, labini burib, yelka qisdi. Tushlik bir yarim soatga cho'zildi. Azizni xayoli esa xonasida qolgan telefonda, "Necha marta telefon qildi ekan, rosa jig'ibiyroni chiqayotgandur, battar bo'lsan!" Xonasiga kirib, ish stoliga o'tirar ekan, telefonining tugmachasini bosdi. Ne ko'z bilan ko'rsinki, sakkizta javobsiz qo'ng'iroq, bitta sms. Miyig'ida kuldida, g'olibona g'urur tuydi dilida va telefonida "Open" tugmasini bosdi. Mana shu yerda Uahahaha devorish kerak. Chunki, 2marta o'rtog'i Jasur, 3marta oyisi, 5marta qo'shnisi Bobur qo'ng'iroq qilibdi. Yuzi o'z o'zidan qip-qizil bo'lib ketdi, qo'llari musht bo'lib tugildi, tili ham jim turmasdan: Ming lanat dedi. Smsni ochdi MCHS yo'qlabdi. O'ziga o'zi "Battar bo'l Aziz" dedi. Odam ham shunaqa bo'ladimi, aybini bilib bir marta aqalli sms yozsin. Bitta nuqta yuborsin, e yo'q nuqta yaxshimas, yaxshisi bitta vergul junatsin... Yooo uni haqqi ketib qoladi. Shu vaqt oyisi yana qo'ng'iroq qilib qoldi. - Labbay oyi. -O'g'lim, nega qo'ng'irog'imga javob bermaysan? Tez kel bobongni yana tobi qochib qoldi (Oyisining dadasi). - oyisining ovozida dard bor edi. -Xo'p oyi, xo'p hozir. Yetib borgach, bobosini oldiga kirdi. Bobosi Azizni qo'lidan tutib: - Azizjon, sen mening to'ng'ich nabiramsan, ishonganim sen. Senga bir iltimosim bor, men sening to'yingni ko'rishni istayman. Ko'zim ochig'ida, Gulzeraga uylansang, armonsiz o'lardim bolam. Aziz qo'lini shart tortib oldi. -Bu nima deganingiz bobo. Gulzera xolamni qizi-ku, buni ustiga endigina 15ga kirgan. -Bolam, bobongga gap qaytarma! -gapga aralashdi onasi. -Xo'p uylanaman, lekin Gulzeraga emas, axir u singlim-ku bobo. Shermat bobo ters qarab yotib oldi va "O'layotgan bobongni gapini ikki qilding-a bolam" deb yig'lay boshladi. U deyishdi, bu deyishdi, xullas Azizni ko'ndirishdi. Oradan 2 kun o'tdi. Farida esa ovqat pishiryapti. Hayolan Azizga turmushga chiqqanini, uning uyida Aziz uchun ovqat tayyorlayotganini, shu yerda ham u bilan tortishayotganini ko'z oldiga keltirdi. "Exx, bilmaysizda, sizni qanchalar sevishimni, bilsangiz edi... Siz esa nuqul ozor berasiz, bir bor qo'ng'iroq qilsangiz nima qilardi, endi javob bermayman, ishoning umuman javob bermayman qo'ng'iroqlaringizga." Shu vaqt telefoning ekranida u uchun sevimli bo'lgan chexra ko'rindi, telefoni esa mayin kuy tarata boshladi. Farida qanday qilib ko'tarib, qanday "Alo" deganini bilmay qoldi. Sevganining ovozida dard bor edi. -Aziz, sizga nima bo'ldi? Tinchlikmi? -Haaa, jonim tinchlik. Bilasanmi, men seni qanchalar sevishimni...? Yo'o'o'q, bilmaysan, bilganingda bunchalar beg'aaam yurmasding. Seni Azizing bir haftadan keyin boshqasiga uylanyapti. Qo'shni turishimiz yodingdami? Endi qanday chidaysan, har kuni uying oldidan u bilan o'tib ketsam qanday dosh berasan gulim? Ha sen juda sabrlisan, qo'ng'iroq qilmagunimcha chidaysan... Balki bunga ham ahamiyat bermassan. Sen yutding, men qo'ng'iroq qilib qo'ydim... Baxtli bo'l, Alvido! tut- tut-tut-tut. Bular bir-biriga tinimsiz ozor berib, Xudoning qaxriga uchradimikan, Siz nima deb o'ylaysiz?
Категория: Xadis va xikoyalar | Просмотров: 2267 | Добавил: √˙·•$นÞer•ßσע•·˙√ | Теги: Ayriliqqa olib borgan G'urur!
Всего комментариев: 5
5 zilol  
ha

4 GULZODA  
ha ayriliq yomon

3 ZARNIGOR  
exe

2 _farishta_  
qoyil

1 Yunus_91  
ajoyib voqiya ekan bunaqa bir biriga ozor beri bir biridan ayrilishga olib keladi smile

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  May 2012  »
DuSeChoPaJuShaYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2024