Seshanba, 23.04.2024, 15:17
[HUSH KELIBSIZ!!!]
Приветствую Вас •°Mexmon°• | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Sheriyat olami [88]
Qiziqarli [44]
Kino olami [4]
Sport yangiliklari [18]
Foto prikol [1]
Yulduzlar xaqida [6]
mp3 Ko'cHiRisH [16]
Shou-biznes [41]
Qo'shiq matni [4]
Foydali maslahat [11]
Mashinalar haqida [6]
Xadis va xikoyalar [20]
Скрипты для ucoz [4]
Dunyo habarlari [23]
Kompyuterlar uchun [0]
Sevgi ♥ dunyosi [55]
Har ( xil ) [27]
Fikr mulohaza [19]
Islom olami [13]
Foto suratlar [3]
Video kliplar [14]
Наш опрос
ॐSAYTKA BAXO BERINGॐ
1. ॐ♥JUDA ZOR♥ॐ
2. ॐ♥YAXSHI♥ॐ
3. ॐ♥O'RTACHA♥ॐ
4. ॐ♥YOMON♥ॐ
5. ॐ♥JUDA YOMON♥ॐ
HAMMA JAVOB: 12800013
Мини-чат
Статистика

HOZIR SAYTDA: 1
MEXMON: 1
FOYDALANUVCHI: 0

17:02
Aviahalokat sabablari o‘rganilmoqda

Xabaringiz bor — 7 sentyabr kuni Moskva vaqti
bilan soat 16 da «Yak Servis» aviakompaniyasiga
qarashli «Yak-42D» samolyoti Yaroslavldagi
«Tunoshna» aeroportidan ko‘tarilayotib halokatga
uchragan,

ya’ni Volga daryosi qirg‘og‘iga qulagan
edi. Uning bortida 45 kishi bo‘lib, ularning 37 nafari «Lokomotiv» xokkey klubi sportchilari va
trenerlari, 8 nafari esa ekipaj a’zolari edi.
«Interfaks» AA ma’lum qilishicha, xokkeychilar
navbatdagi o‘yinda ishtirok etish uchun Minskka
yo‘l olgan edilar. Yaroslavl oblasti gubernatori
qaroriga ko‘ra, hududda uch kunlik motam o‘tkazildi. Fojiada halok bo‘lganlarning oilalariga
esa shahar va oblast ma’muriyatlari 450 ming
rubldan tovon puli to‘laydigan bo‘ldi,
aviakompaniya 2 million rubldan. Voqeaga guvoh
bo‘lganlarning aytishlaricha, samolyot
ko‘tarilayotib yetarlicha tezlik ololmagan. Vaholanki, uchish maydonining uzunligi 3 kilometr
edi. Halokat sabablarini o‘rganish va surishtiruv
o‘tkazish komissiyasi ma’lumotlariga qaraganda,
ekipaj samolyotda biror-bir texnik nosozlik yuzaga
kelganligi haqida dispetcherlik markaziga xabar
bermagan. Radioaloqa samolyot parvozga ko‘tarilayotgan paytda uzilgan. Surishtiruv-tergov
qo‘mitasi bayon qilishicha, portlovchi moddalar va
u bilan bog‘liq izlar topilmagan. Rossiya
Federatsiyasi havodagi harakatlar tashkilotining
yagona tizimi bosh markazi tasdiqlashicha,
«Tunoshna» aeroporti har qanday samolyotlarni qabul qilishga va havo laynerlari ko‘tarilishiga
yaroqli. Buning ustiga, Yevropa aviatsiya xavfsizligi
agentligi 2009 yili «Yak Servis» aviakompaniyasini
Rossiyadagi aviatashuvlarni amalga oshiradigan
boshqa kompaniyalarga qaraganda eng xavfsizi,
deya tan olgan. Ushbu laynerning havoga ko‘tarilishi uchun mas’ul bo‘lgan
aviadispetcherning gaplariga qaraganda, samolyot
uzoq masofagacha tezlik ololmagan va yerdan
uzilish nuqtasidan ancha o‘tib havoga ko‘tarilgan.
Ammo... Fojianing barcha qurbonlari jasadlari
Volga daryosi tubidan g‘ovvoslar yordamida olib chiqildi. Samolyotning ikkala «qora qutisi» ham
suvdan topildi. Mutaxassislar undagi barcha
so‘zlashuv yozuvlarini tahlil qilib, halokat
sabablarini aniqlamoqdalar. Fojia joyiga Rossiya
Federatsiyasi prezidenti Dmitriy Medvedev tashrif
buyurdi. U mamlakatdagi aviakompaniyalar soni tezda qisqartirilishi va mavjud
aviakompaniyalarning barchasida ekipaj
a’zolarining parvozlarga tayyorgarlik malakasini
tekshiruvdan o‘tkazish to‘g‘risida hukumatga
topshiriq berdi. Transport vaziri o‘rinbosari V.
Okulov esa faoliyati to‘xtatilishi kerak bo‘lgan aviakompaniyalar ro‘yxati tuzilayotganini ma’lum
qildi. «Rossaviatsiya» manbalarida qayd etilishicha,
ayni paytda mamlakatda 138 ta aviakompaniya
faoliyat yuritmoqda. 16 ta aviakompaniya 57 ta
«Yak-42D» samolyotidan foydalanadi. Yaroslavl
ostonasidagi mazkur aviahalokatdan so‘ng «Rostransnadzor» tashkiloti bu turdagi barcha
laynerlarning texnik holatini tekshiruvdan
o‘tkazishni boshladi. Hozirgacha «Yak Servis»,
«Grozniy Avia», «Gazprom avia», «KrasAvia»
aviakompaniyalari tasarrufidagi samolyotlardan 8
ta «Yak-42D» havo laynerining parvozini taqiqladi. Komissiya vakillarining aytishlaricha, bu
samolyotlarning texnik holati zamon talabiga javob
bermaganligi bois ulardan foydalanib bo‘lmaydi.
Darvoqe, «Yak Servis» aviakompaniyasi 1993 yilda
tashkil topgan. U biznes-klassli samolyotlardan
foydalanuvchi VIP-tashuvga ixtisoslashgan. Rossiya poytaxtidagi «Vnukovo» va «Bikovo»
aeroportlari uning bazaviy asoschilari hisoblanadi.
«Yak Servis» aviakompaniyasi ixtiyorida 4 ta
«Yak-40» va 1 ta «Yak-42D» havo layneri bor. Yana
shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, «Yak-42D»
samolyoti 1977 yildan ishlab chiqarila boshlangan. Halokatga uchragan samolyot esa 1993 yili ishlab
chiqarilgan.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: Har ( xil ) | Просмотров: 879 | Добавил: ๑۩۞۩MUХAMMADYUNUS۩۞۩๑
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2011  »
DuSeChoPaJuShaYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Архив записей
Друзья сайта
Copyright MyCorp © 2024