Orazi gul, husni hilol, Alloh go`zal, Alloh go`zal. Mutloq kamol, mutloq jamol, Alloh go`zal, Alloh go`zal… Arsh arkida sulton o`zi, Beaybu benuqson o`zi. Poyiga cho`k, ul Zuljalol, Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Diydori bir shirin umid, Azal vujud, abad vujud. Kimga ayon, kimga xayol, Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Nahri zilol, bag`ri bahor, Gul chehra yor, nur chehra yor. Oromijon, oshuftahol, Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Tuproqqa jon etmish ato Momo havo, Odam Ato, Loydan odam yasar kulol, Alloh go`zal, Alloh go`zal…
Shoir tilak-ta’bim o`shal, Ruhim o`shal, Rabbim o`shal, Allohu akbar, ey Bilol, Alloh go`zal, Alloh go`zal!.. MUHAMMAD YUNUS |