๑۩۞۩MUХAMMADYUNUS۩۞۩๑ | Дата: Dushanba, 10.10.2011, 03:11 | Сообщение # 1 |
•°Yangi user°•
Группа: SAYT ISHONCHI
Сообщений: 486
Статус: Saytda emas
| Senga bo’lgan ishqim shunchalar mahzun, Armonli tunlarim uzundan-uzun. Seni butkul yoddan unutish uchun, Hijronlarga qalbim tutishim kerak, Sensiz tanholikda o’tishim kerak
Sevgining armoni bugun bo’ylaydi, O’ylamay desamda, yurak qo’ymaydi. Armonlar yo’ldoshdir, ertak so’ylaydi, Hijronlarga seni tutqazdim, demak, Men seni unutib yashashim kerak. Endi na halovat, na huzur tatir, Ishqni dilga ko’mdik, do’ppaygan qabr. Ayt, qanday unutay men seni, ahir, Yor-yorlar ostida kuzatdim, demak, Men seni unutib yashashim kerak. Unutmoq og’ir, bu – jondan - da kechish, Osonmi seni bir umr tark etish? Ayriliqni taqdir bizga nasib etmish, Hijronlarga seni tutqazdim, demak, Men seni unutib yashashim kerak.
|
|
| |
_-_AnGeL_-_ | Дата: Yakshanba, 13.11.2011, 13:06 | Сообщение # 2 |
•°Tajribali°•
Группа: Do'stlar
Сообщений: 358
Статус: Saytda emas
| Ketdizgiz….. Pokiza tunlar qo’ynida Yuragi talangan bir qiz o’kindi Malaklar yig’lagan behisht bog’ida Tanish xotiralar chilparchin sindi Sindim hudoyimdan bir jon tilandim Dilgir maysalarning poyiga jismim Zamin jim,samo jim,osiy tunlar jim Men mavjud edimmi nimaydi ismim Mendagi titroqni ko’nglingiz sezmas Ko’zingizga cho’kkan bir ox edimmi Jannatiy tushlarda yashaysiz sarmast Men ko’kdan yog’ilgan gunoh edimmi Yonaman….. Hech qayga sig’may yonaman Do’zax o’tlarida kulga aylanar Bir kuni kelasiz…sarosar armon Bir shirin….. Bir shirin gulag aylanar Bir kuni kelasiz zulum otlardan Kavsar buloqlarin sizga ichirgum Extimol poyimga yiqilarsiz…Men Kechirsam yuz yildan keyin kechirgum Telba hayollarga hurga aylandi Ketdingiz qoyalar yerga aylandi Armonning ko’shkida asrardi ko’nglim To’kilib-to’kilib she’rga aylandi Ketdingiz….. Bokira tonglar oxidan Sevgisi talangan bir qiz o’kindi Malaklar yig’lagan behisht bog’ida Erka hotiralar chilparchin sindi…..
|
|
| |